O`quv ishlari bo`yicha prorektor
1980-yil Buxoro shahrida tavallud topgan. Buxoro shahridagi 6-umumta’lim maktabini a’lo baholarda tamomlagan. Buxoro davlat universitetida bakalavr (sotsiologiya), magistratura (psixologiya)ni o‘qib tugatgan. Dastlab, Buxoro davlat universiteti Psixologiya kafedrasida o‘qituvchi, kafedra mudiri vazifasini bajaruvchi, keyinchalik Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida o‘qituvchi hamda 2021-yildan 2025-yilgacha kafedra mudiri lavozimida ishlagan. Mehnat faoliyati davomida “Ijtimoiy psixologiya”, “Oila psixologiyasi”, “Yuridik psixologiya’, “Psixologik maslahat”, “Psixologiya fanlarini o`qitish metodikasi”, “Psixologik trening” va boshqa bir qator fanlardan ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarini olib borgan. O‘qitilayotgan o‘quv fanlari bo‘yicha ishchi o‘quv dasturlar va o‘quv uslubiy majmualar, sillabuslar yaratgan.
Respublika va xalqaro jurnallar hamda konferensiyalarda 60 dan ortiq maqola va tezislarni e’lon qilgan. “Psixologiya nazariyasi va tarixi” (2020) hammualliflikda darslik, “Семейная психология” (2022), “Семейная психология и психотерапия” (2023), “Психология личности и коучинг” (2024), “Psixologik maslahat va kouching” (2024), “Yuridik psixologiya” nomli o`quv qo`llanma (2025), “Организация самостоятельной работы студентов по психологическим дисциплинам” nomli uslubiy qo‘llanma (2023), “Globallashuv jarayonida milliy bag`rikenglikni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik determinantlari” (2022), “Talabalarda tolerantlikni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik asoslari” nomli monografiyalar (2025) muallifi.
Xalqaro Psixologiya fanlari akademiyasining Faxriy a’zosi (2013), Oliy ta’lim a’lochisi (2023).
M.M. Bafayev 2021-yilda “Globallashuv jarayonida milliy bag‘rikenglikni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik determinantlari” mavzusida PhD dissertatsiyasini, 2025-yilda “Talabalarda tolerantlikni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik texnologiyalarini takomillashtirish” mavzusida DSc dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.
Qator ilmiy jurnallarda faoliyat olib borgan. “Psixologiya” ilmiy jurnali (2011-2015), “Pedagogik mahorat” ilmiy-nazariy va metodik jurnal (2012-2022), Hozirda “Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar” hamda “Pedagogik akmeologiya” xalqaro ilmiy-nazariy va metodik jurnallar tahririyat a’zosi va mas’ul kotibi.
Kafedra huzurida tashkil etilgan “Psixologik markaz” eksperti. Qator sud-psixologik ekspertizalarda ishtirok etgan.
M.M. Bafayev AQSHning Florida universiteti, Turkiyaning Aydin universiteti, Rossiya (Ural Federal universiteti, Qozon davlat universiteti, Nijniy Novgorod davlat universiteti, Vladimir davlat universiteti), Bolgariya, Qozog‘iston, Belarus Respublikasi (M.Tank nomidagi Belarus davlat pedagogika universiteti), Ukraina milliy pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Kostyuk nomidagi psixologiya instituti hamda respublikadagi ko’pgina oliy ta’lim muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilib keladi.
Psixologiya (faoliyat turlari bo'yicha)
Ijtimoiy psixologiya
"Oliy ta'lim a'lochisi" ko'krak nishoni (2023-yil)
"Deviantologiya", “Ijtimoiy psixologiya”, “Oila psixologiyasi”, “Psixologik maslahat”, “Psixologiya fanlarini o`qitish metodikasi”, “Psixologik trening asoslari”
T/r | Jurnal nomi | Maqola mavzusi | Yil | Ko'rish |
---|
T/r | Sertifikat nomi | Ko'rish |
---|---|---|
1 | For successful participation in the training of trainers on "Preventing Violent Extremism" | Ko'rish |
T/r | Loyiha nomi | Ko'rish |
---|
T/r | Mavzu | Ko'rish |
---|
T/r | Mavzu | Ko'rish |
---|
T/r | Mavzu | Ko'rish |
---|
T/r | Mavzu | Ko'rish |
---|