Bo‘lim boshliq
Nematov Doniyor Yunusovich 1979 yilda Buxoro viloyati, Peshku tumanida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy, 2007 yilda Navoiy pedagogika institutini bakalavriatura, 2010, 2016yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasida malaka oshirgan.
Mehnat faoliyati
1994-1995 yy. - Peshku tumani “Yangiobod” shirkat xo‘jaligida ishchisi
1995-1997 yy. - Buxoro shahar 12-son kasb-hunar letseyi talabasi
1997-1998 yy. - Harbiy xizmatda
1999-2001 yy. - Qorovulbozor tuman hokimligi huzuridagi ijtimoiy “Ko‘nikma” markazi boshlig‘i
2001-2003 yy. - Qorovulbozor tuman hokimligi apparati tashkiliy ishlar va masalalari bo‘yicha
guruhi 1-toifali mutaxassisi
2003-2004 yy. - Qorovulbozor tuman hokimligi tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish inspeksiyasi boshlig‘i
2004-2006 yy. - Qorovulbozor tumani hokimi yordamchisi
2006-2011 yy. - Qorovulbozor tuman hokimligi madaniyat va sport ishlari bo‘limi mudiri
2011-2011 yy. - Buxoro viloyat hokimligi madaniyat va sport ishlari boshqarmasi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchisi
2011-2013 yy. - Buxoro viloyat hokimligi madaniyat va sport ishlari boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari
2013-2013 yy. - Buxoro viloyat hokimligi madaniyat va sport ishlari boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari,
boshqarma boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchisi
2013-2015 yy. - Buxoro viloyat hokimligi madaniyat va sport ishlari boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari
2015-2019 yy. - M.Ashrafiy nomidagi Buxoro san’at kolleji direktori
2019-2022 yy. - Buxoro ixtisoslashtirilgan san’at maktabi direktori
2022-2023 yy - Buxoro viloyati madaniyat boshqarmasi boshlig‘i
2023-2023 yy - Buxoro Davlat pedagogika instituti Marketologi
2023-2024 yy - Buxoro Davlat pedagogika instituti iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil qilish bo‘limi boshlig‘i
2024 y. - h.v. - Buxoro Davlat pedagogika instituti yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i
Mutaxassisligi informatika va matematika o‘qituvchisi, psixolog, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi a’zosi. 2025 y. Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti Magistraturani tamomladi. Nematov Doniyor Yunusovich asosiy mehnat faoliyatini 1999 yil yanvar oyidan Qorovulbozor tuman hokimligi huzuridagi ijtimoiy “Ko‘nikma” markazi boshlig‘i lavozimidan boshlab, 2001 yil mart oyidan tuman hokimligi apparati tashkiliy ishlar va kadrlar masalalari bo‘yicha guruhida 1-toifali mutaxassis, 2003yil oktyabr oyidan tuman hokimligi huzuridagi tadbirkorlarni davlat ro'yxatdan o‘tkazish inspeksiyasi boshlig‘i, 2004yil avgust oyidan tuman hokimi yordamchisi, 2006yil dekabr oyidan tuman madaniyat va sport ishlari bo‘limi mudiri va 2011 yil aprel oyidan Buxoro viloyat hokimligi madaniyat va sport ishlari boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, 2011 avgust oyi va 2013 oktyabrdan dekabrgacha boshqarma boshlig‘i vazifasini bajaruvchi lavozimlarida ishlab 2015 yil 27 martdan M.Ashrafiy nomidagi Buxoro san’at kolleji direktori, 2019 yildan Buxoro ixtisoslashtirilgan san’at maktabi direktori lavozimida ishlab kelmoqda. Shuningdek 2017 yil oktyabrdan 2022 yil may oyiga qadar O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi raisi lavozimida ishlaydi.2022 yil may oyidan Buxoro viloyat madaniyat boshqarmasi boshlig‘i,2023 yil 1 oktyabrdan Buxoro Davlat pedagogika instituti iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil qilish bo‘limi boshlig‘i 2024 y. - h.v. - Buxoro Davlat pedagogika instituti yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelmoqda. D.Y.Nematov ishbilarmon va mas’uliyatni his qiladigan berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida sifatli maromiga yetkazib bajarishga intiladi, bilimdon mehnatsevar yangilikka intiluvchan va tirishqoq, xizmat vazifasiga masu’liyat bilan qaraydi. O‘ziga va boshqalarga nisbatan talabchan. Odamlar bilan munosabatda oddiy va kamtarin. Unda yangilikka intilish erishilgan yutuqlar kifoyalanmaslik, shijoatkorlik va fidoiylik mavjud. Buxoro davlat pedagogika institutida o‘tkazilayotgan o‘quv va ilmiy- ma’naviy –ma’rifiy, sport sohalaridagi konferensiyalar, tanlovlar va sport muosboqalarini yuqori saviyada o‘tkazishda katta hissa qo‘shib kelmoqda.
2025 y. Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti Magistraturasini tamomladi
O'zbekiston Respublikasi konsitutsiyasining 30 yilligi munosabati bilan ko'krak nishoni bilan taqdirlangan
None
T/r | Jurnal nomi | Maqola mavzusi | Yil | Ko'rish |
---|
T/r | Sertifikat nomi | Ko'rish |
---|
T/r | Loyiha nomi | Ko'rish |
---|
T/r | Mavzu | Ko'rish |
---|
T/r | Mavzu | Ko'rish |
---|
T/r | Mavzu | Ko'rish |
---|
T/r | Mavzu | Ko'rish |
---|