Professor
1990-yilda Buxoro davlat pedagogika institutini (hozirgi BuxDU) tamomlagan, filologiya fanlari doktori (DSc) L.F.Sharipova mehnat faoliyatini 1990-yilda Buxoro davlat pedagogika instituti o‘zbek adabiyoti kafedrasida o‘qituvchilikdan boshlagan. 1993-1995-yillarda Buxoro davlat universiteti XX asr o‘zbek adabiyoti va folklor kafedrasi o‘qituvchisi, 2000-2005-yillarda Buxoro davlat universiteti folklor va yangi o‘zbek adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi, 2005-2006-yillarda Buxoro davlat universiteti folklor va yangi o‘zbek adabiyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2007-2011-yillarda Buxoro davlat universiteti til va adabiyot kafedrasi o‘qituvchisi, 2011-2012-yillarda Buxoro davlat universiteti boshlang‘ich taʼlim asoslari kafedrasi o‘qituvchisi, 2012-2015-yillarda Buxoro davlat universiteti dotsenti vazifalarida faoliyat yuritgan. 2015-2018-yillarda BuxDU doktoranti. 2019-2020-yillarda BuxDU dotsenti. Buxoro davlat universiteti professori hisoblanmish L.F Sharipova maktab taʼlimining rivojiga hissa qo‘shish istagida 2024-yilning sentyabridan Buxoro davlat pedagogika instituti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti sifatida o‘z faoliyatini davom ettirmoqda. Аdabiyotshunos olima sifatida “XX asrning 70-80 yillari o‘zbek sheʼriyatida folklorizm” (monografiya, 2011. 154 b.), “Sheʼriyat va folklor” (monografiya, 2019. 204 b.), “Аruz saboqlari” (usuliy qo‘llanma, 2018. 100 b.) “Tahlil va talqin” (adabiy-tanqidiy, publitsistik maqolalar to‘plami, 2022. 248 b.), “Men Vatan deb yo‘lga tushdim...” (ilmiy, adabiy-maʼrifiy lavhalar. 2024. 140 b.) kitoblari, 100ga yaqin ilmiy, ilmiy-usuliy maqolalari chop etilgan. L.Sharipova DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03 raqamli Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy kengash hamda shu ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar aʼzosi. Respublika doirasida ilmiy tadqiqot ishlariga rasmiy taqrizchi sifatida taqrizlar berib keladi. O‘ndan ortiq magistrlik ishiga ilmiy rahbarlik qildi. Ikki shogirdi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya himoya qildi va biri tasdig‘ini oldi. Yana to‘rt shogirdi uning rahbarligida ilmiy ish ustida izlanmoqda. Shoira sifatida L.F.Sharipovaning “Oq armonlar” (sheʼrlar, 1993), “Qismat surati” (sheʼrlar, 1996), “Shodlik sohili” (sheʼrlar, 2003), “Bu shunday dunyoki...” (sheʼrlar, 2009), “Onamga tortiq” (sheʼrlar, 2012), “Onam o‘zing” (sheʼrlar, 2017), “Ranglar ifori” (sheʼrlar, 2024. 244 b.) nomli kitoblari nashr qilingan. 2021-yilda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining ayol, mo‘ʼtabar ona siymosi tarannum etilgan asarlarning “Аyolga ehtirom” Respublika ijodiy tanlovida rag‘batlantiruvchi o‘rin sohibi bo‘ldi. U 2016 yildan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar a’lochisi”, “Ma’naviyat fidoyisi”, “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni sohibi.
O'zbek tili va adabiyoti
Ilmiy daraja: Fan doktori, DSc
Ilmiy unvon: Dotsent
Davlat mukofoti yo`q
Mumtoz tarixiy poetika, badiiy adabiyot va estetik kategoriyalar, navoiyshunoslik, adabiyotshunoslik nazariyasi, ifodali o'qish va nutq madaniyati
malakaviy ishlariga, magistrlik dissertatsiyalariga, shuningdek, mustaqil ishlariga rahbarlik qilish;
ta’lim platformalari bilan ishlaydi, tegishli ma’lumotlarni bazaga kiritilishini ta’minlaydi;
Ilmiy ishlar bo‘yicha:
Tarbiyaviy ishlar bo‘yicha:
bajarishni uz zimmasiga oladi;
Bilishi kerak:
modellashtirish yo‘llari;
ko‘nikmasi va malakasini baxolash tizimi, baxolashning kadrlar tayyorlash sifatiga ta’sir etuvchi asoslari;
Malaka talablari:
Dotsent ilmiy unvoniga, katta ilmiy xodim yoki fan doktori (nomzodi)ilmiy darajasiga, shuningdek tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga, 4 yildan kam bo‘lmagan ilmiy pedagogik ish stajiga ega bo‘lishi shart.
darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi