This website is currently running in test mode. Some features may be unavailable or may not work as expected!
shape
shape

RUSTAMOV FARRUX RUSTAM O‘G‘LI

  • Home
  • Tillar fakulteti
team image

RUSTAMOV FARRUX RUSTAM O‘G‘LI

Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari

1985 yil Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanida tug'ilgan. Millati o'zbek. 2006 yil Buxoro davlat universiteti (kunduzgi), 2009 yil Mirzo Ulug‘bek nomli O‘zbekiston milliy universiteti (magistratura). 2023 yil Sotsiologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) yoqlagan. MEHNAT FAOLIYATI 2002 - 2006 yy. - Buxoro davlat universitet talabasi 2006 - 2007 yy. - Qorovulbozor tuman hokimligining ijtimoiy va iqtisodiy masalalar bo‘yicha bosh mutaxassisi 2007 - 2009 yy. - Mirzo Ulug‘bek nomli O‘zbekiston milliy universitet magistranti 2008 - 2013 yy. - Buxoro neftni qayta ishlash zavodi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati mutaxassisi 2013 - 2016 yy. - “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Qorovulbozor tumani bo‘limi Kengash raisi 2016 - 2017 yy. - Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti Buxoro filiali ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i 2017 - 2018 yy. - Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Buxoro filiali Suv xo‘jaligini avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash fakulteti dekanining ma’naviy-marifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari 2018 - 2022 yy. - Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Buxoro filiali Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakulteti dekanining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari 2022- 2023yy. - “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti Tabiiy resurslar muhandislari fakulteti dekanining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari 2023y-h.v. Buxoro davlat pedagogika instituti Tillar fakulteti dekanining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari

Phone number:
+998(91)-975-97-97
Email:
farruxrustamov7@gmail.com
Web of Science ID:
FBX-1125-0028
ORCID:
0009-0005-5280-809X

Sotsiologiya

Ilmiy daraja: Fan nomzodi, PhD

Dinshunoslik, Mediasavodxonlik va axborot madaniyati

Fakultet dekaning yoshlar bilan ishlash ma’naviyat va ma’rifat ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarining lavozim vazifalari:

  • O‘zbekiston   Respublikasining    ta’limiga    oid    Qonunlari,    Prezident

Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va o‘rta ta’lim vazirligining Hay’at Qarorlari, bo‘yruqlari, xat, topshiriqlarini, shuningdek, ma’naviyat va ma’rifat jarayoniga tegishli oliy ta’lim muassasining bo‘yruqlari bajarilishini ta’minlash va monitoringini olib borish;

  • Fakultetda tarbiyaviy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish;
  • Talabalarning individual psixologik portreti aks ettirilgpn shaxsiy varaqalarini to‘ldirilishini tashkil etish va shaxsga doir ma’lumotlar sifatida saqlanishini ta’minlanishini tashkil etish;
  • Fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalarining Oliy ta’lim muassasasi ichki-tartib qoidalari, odob-axloq kodeksida belgilangan qoidalarga rioya etilishini nazoratga olish;
  • Fakultet va kafedralarning ma’naviy-ma’rifiy ish rejalarini ishlab chiqilishi va bajarilishini muvofiqlashtirish;
  • Fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalari o‘rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik, turli yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish;
  • Fakultet Kengashi rejasiga ma’naviy-ma’rifiy ishlarga doir masalalarni kiritish va doimiy muhokamasini yo‘lga qo‘yish;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tamonidan qabul qilingan farmon va qarorlar mazmunini talabalarga yetkazib borish;
  • Talaba-yoshlarni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadryatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash, ularning ma’naviy, estetik, ahloqiy dunyoqarashini kengaytirish, tafakkurini turli xil g‘ayriinsoniy g‘oyalar ta’siridan himoya qilishda mustaqil O‘zbekistonning chinakam fidoiysi bo‘lib yetishtirishga qaratilgan targ‘ibot ishlarini tashkil qilish;
  • Oliy ta’lim muassasasida amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarga doir tadbirlar o‘tkazilishini ta’minlash;
  • Talaba-yoshlar orasida ahloqiy, estetik, siyosiy-g‘oyaviy tarbiyaviy ishlarni shakllantirishni yo‘lga qo‘yish;
  • Milliy-urf odatlar, qadriyatlar negizida olib borilayotgan anjumanlar, davra suxbatlar, uchrashuvlarni va huquqiy madaniyatni oshirishga qaratilgan ishlarni tashkil qilish;
  • Talabalarning manaviy va jismoniy kamolotini yuksaltirish maqsadida qilinadigan ishlarni takomillashtirishda ko‘maklashish;
  • Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, fakultet dekanining topshiriqlari asosida yoshlar va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlarni takomillashtirish;
  • Yoshlar va ma’naviy-ma’rifiy masalalari yuzasidan kafedra mudirlari tamonidan bajarilgan ishlarni tahlil qilish va tavsiyalar berish;
  • Professor-o‘qituvchilarning yillik va o‘quv yuklamalaridagi “Ma’naviy- ma’rifiy ishlar” sohasidagi tegishli vazifalarni tahlil qilish va to‘liq bajarilishini nazorat qilish;
  • Ijarada yashaydigan talabalar bilan ishlashni tizimli yo‘lga qo‘yish, bu borada tyutorlarning faoliyatini muvofiqlashtirib borish;
  • Talabalar turar joylarida talabalarning darsdan bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ularning kundalik faoliyatini nazoratga olish bo‘yicha chora- tadbirlarni amalga oshirish;
  • Tyutorlar tomonidan o‘tkaziladigan “Axborot va murabbiylik soati”ni o‘tilishini nazorat va monitoring qilish, tahlillar bo‘yicha fakultet dekani va yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga haftalik hisobot kiritib borish;
  • Talabalarning ota-onalari bilan doimiy muloqot qilish va fakultetlarda “Ota-onalar kuni” tadbirini uyishtirish ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yish;
  • Talabalar turar joylarida rahbariyat topshirig‘iga muvofiq belgilangan kunlarda navbatchilikni tashkil etish va nazoratga olish;
  • Har semestr yakunida fakultetda yoshlar va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha yozma hisobot, fotoalbom tayyorlash va bo‘lim rahbariga taqdim etish;
  • Yoshlar va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirishda yaxshi tashabbus faollarni moddiy, ma’naviy rahbatlantirishga doir takliflar, tavsiyalar berish;
  • Jamoat tashkilotlari va huquq-tartibot orgonlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va muammoli talabalar bilan individual ishlash;
  • Fakultet binosi, kafedralar va o‘qo‘v honalarining targ‘ibot plakatlari bilan bezatishda tashabbuskor bo‘lish va mazkur vazifaga siyosiy hushyorlik bilan yondashish;
  • Fakultetda xotin-qizlar kengashi, yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti faliyatini tizimli tashkil etish va umumiy rahbarlik qilish hamda xotin-qizlar bo‘yicha dekan maslahatchisi va yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchilarning nomzodligiga tegishli takliflarni kiritish
  • Fakultetda faoliyat olib boradigan tyutorlarga umumiy rahbarlik qilish
  • Institutning Ustavi, ichki tartib qoidalari, odob axlok kodeksi, ijro intizomi, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalari, Ilmiy kengash qarorlari, rektor buyruqlari (topshiriqlari), ta’lim tizimiga doir hujjatlar, institutning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati va sohaga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda quyilgan maqsad va vazifalarga, shuningdek o‘zining xizmat vazifalariga rioya etish;

 

Bilish kerak:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining oliy ta’lim tizimidagi ta’lim-tarbiya masalariga tegishli Qarorlari, Vazirlikning Hay’at Qarorlari, bo‘yruqlari, OTM bo‘yruqlari, fakultet faoliyatiga taalluqli Nizom, yo‘riqnomalarni va me’yoriy hujjatlarni, odob-ohloq qoidalari, OTM Ustavi, ichki mehnat tartib-qoidalari, ish yuritishga oid boshqa me’yriy hujjatlar.

 

Malaka talablari:

Namunaviy fazilatli, intellektual, madaniyali, yetakchilik, ijodiy fikr, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy

harakat       qilish,        muassasa     strategik        maqsadlariga       erishishni        ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi;

Oliy ma’lumotga (magistr diplomi) ga ega bo‘lishi;

O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi;

Kamida 3 yillik pedagoglik yoki ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlar bo‘yicha faoliyat stajiga ega bo‘lishi;

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanishni mukammal bilishi zarur.