Dekan
A.R.Jo‘rayev 1989-yil 25-fevral sanasida Navoiy viloyati Qiziltepa tumanining “Gulbog‘” mahallasida ziyoli oilada tavallud topgan. 2006-2010 yillarda Buxoro davlat universiteti “Fizika-matematika” fakultetini 2012-2014 yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida magistraturani tamomgan. 2017-yilda Buxoro davlat universitetiga tayanch doktorantura (PhD)ga qabul qilinib, 2019-yil himoya qilib, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan. 2021-yilda dotsent, 2022-yilda professor ilmiy unvoniga ega bo‘lgan. 2010-2011-yillarda Buxoro davlat universiteti – “Umumtexnika fanlari” kafedrasi kabinet mudiri, 2014-2017-yillarda “Mehnat ta’limi” kafedrasi o‘qituvchisi, 2018-2019-yillarda o‘rindoshlik asosida “Mehnat ta’limi” kafedrasida o‘qituvchisi lavozimida va 2020-2021-yillarda “Texnologik ta’lim” kafedrasi mudiri lavozimida, 2021-2022-yillarda Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti – “Pedagogik ta’lim” fakulteti dekani lavozimida va o‘rindoshlik asosida “Pedagogika, psixologiya va texnologik ta’lim” kafedrasi dotsenti sifatida faoliyat yuritib, 2022-yilning 5-sentabr sanasidan hozirgi kunga qadar Buxoro davlat pedagogika institutining “Aniq va tabiiy fanlar” fakulteti dekani lavozimida va o‘rindoshlik asosida “Texnologik ta’lim” kafedrasi professori sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida bajarilishi 2012-2014 yillarga mo‘ljallangan ITD-4-01 raqamli “Quyosh energiyasi hisobiga ishlovchi past haroratli qurilmalarni optimal, takomillashtirilgan variantlarini yaratish, ularning issiqlik–fizikaviy, texnik va texnologik tavsiflarini tadqiq qilish” va 2015-2017 yillarda mo‘ljallangan A-13-3 raqamli “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini yanada takomillashtirish va ulardagi jarayonlarni modellashtirishni tadqiq qilish” mavzusidagi davlat granti loyihasida hamda AIF 2/20–“Shaxsga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiyalar asosida texnik yo‘nalishlar bo‘yicha malakali muhandis kadrlar tayyorlash va o‘qituvchilar malakasini oshirish sifatini yaxshilash” nomli xalqaro loyihada jamoatchilik asosida va “STEM yo‘nalishida arduino bazasiga asoslangan DIY (do it yourself) konstruktorlarini yaratish hamda ularni o‘qitish metodikasini ishlab chiqish” mavzusidagi startap loyihalarni bajarishda ishtirok etgan. Shu kunga qadar 2 nafar tadqiqotchi A.R. Jo‘rayevning ilmiy rahbarligida 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bo‘yicha) ixtisosligida pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan bo‘lib, hozirda 3 nafar tayanch doktorantga ilmiy rahbarlik qilib kelmoqda. Pedagogik faoliyati davomida, 120 dan ortiq ilmiy ishlari mavjud bo‘lib, konferensiyalarda 23 ta tezis, ilmiy jurnallarda 62 ta maqolasi chop etilgan bo‘lib, 4 ta metodik qo‘llanma va 2 ta monografiyasi nashr etilgan. 25 ta darslik, elektron darslik va o‘quv qo‘llanmalari nashr etilgan bo‘lib, elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan 10 ta dasturiy vositaga mualliflik guvohnomasi va 2 ta foydali model uchun patent guvohnomasini olgan. Hozirda 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologik ta’lim) ixtisosligidan “Talabalarni innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlashda raqamli texnologiyalardan foydalanish metodikasini takomillashtirish (texnologik ta’lim yo‘nalishi misolida)” mavzusida pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun doktorlik dissertatsiyasi yuzasidan ilmiy izlanishlar olib bormoqda. 2023-yilda Finlandiya davlatida xizmat safarida bo‘lib, “EduEffect”, “DiDacTEC” va Nordic International university tomonidan tashkil etilgan malaka oshirish kursida qatnashgan hamda Jyvaskyla shahridagi University of Jyvaskyla va JAMK hamda Kareliya universitetlarida va Turkiya, Shvetsiya davlatlarida bo‘lib, Nobel muzeyi bilan yaqindan tanishgan.
Mehnat ta'limi
Ilmiy daraja: Fan nomzodi, PhD
Ilmiy unvon: Professor
Yo'q
Xalqaro tadqiqotlar va ta’limda innovatsion texnologiyalar, Ixtirochilik asoslari, Raqamli ta'lim muhitida media savodxonlik
Fakultetda oʻquv, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy-uslubiy ishlarga bevosita rahbarlik qiladi. Oliy ta’lim muassasasi va fakultet kengashi qarorlarini bajarilishini nazorat qiladi. Talabalarni kursdan kursga oʻtkazish, talabalar safidan chetlatish, davlat attestasiyasiga va bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilishga kiritish, akademik ta’til berish va stipendiya tayinlash toʻgʻrisidagi buyruq loyihalarini tayyorlaydi, fakultetda xorijiy talabalar mavjud boʻlgan hollarda ular bilan ishlashni ta’lim muassasining xalqaro boʻlimi bilan kelishilgan holda amalga oshiradi. Iqtidorli talabalarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi, fanlar boʻyicha oʻtkaziladigan olimpiadalar shuningdek, boshqa nomdor stipendiya va tanlovlarda ishtirok etishga tayyorlash bilan bogʻliq boʻlgan tadbirlarni tashkil etadi. Talabalarni institutning ustavi, ichki tartib qoidalari, odob-axloq kodeksi bilan muntazam tanishtirib boradi hamda ushbu qoidalarga rioya qilmagan talabalarga vakolati doirasida hayfsan berish yoki talabalar safidan chetlashtirish boʻyicha institut rahbariyatiga taklif kiritadi. Fakultet va uning tarkibiga kiruvchi kafedra xodimlarining lavozim vazifalari boʻyicha topshiriqlarni bajarish natijalariga koʻra ularni ragʻbatlantirish yoki intizomiy chora koʻrish xaqida institut rahbariyatiga oʻrnatilgan tartibda taklif va tavsiyalar kiritadi. Fakultet va kafedra xodimlarini ishga oʻz vaqtida kelib-ketishini nazorat qiladi, ishga kelmaganda, kasal boʻlganda, tugʻruq ta’tili yoki oʻz hisobidan ta’til olmoqchi boʻlganda oʻsha zahotiyoq institut rektori nomiga bildirishnoma yozib, xodimlar boʻlimini ogohlantiradi.