Bo‘lim boshlig‘i
Amaliy matematika va infarmatika
-
Matematika,Informatika
Oliy taʼlim muassasasida axborot xavfsizligini taʼminlaydi;
Oliy taʼlim muassasasida axborot xavfsizligiga paydo bo‘layotgan
taxdidlar to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qilish, shuningdek,
axborotlarni muxofaza qilish bo‘yicha konsultatsiya xizmatlari ko‘rsatadi;
Oliy taʼlim muassasasida axborot tizimlari resurslari va
maʼlumotlar bazalarining axborot xavfsizligini taʼminlaydi’
Vazirlik axborotlashtirish obʼektlarida oshkor qilib bo‘lmaydigan
(konfidentsial) maʼlumotlarni o‘z ichiga oluvchi axborotlarni ish
beruvchi ruxsatisiz uchinchi shaxsga bermasligini va axborotni to‘liq
saqlanishini o‘z zimmasiga oladi;
Qonun buzuvchilarni tahlil qilish, identifikatsiyalashda, axborotlar
makonidagi ruxsatsiz yoxud buzuvchi harakatlarni amalga oshirishda
foydalaniladigan metodlar va vositalarni tahlil qiladi;
Internet tarmog‘i milliy segmentida axborot xavfsizligi
hodisalarining oldini olish bo‘yicha o‘zaro amaliy ishlarni tashkil
etish maqsadida axborot xavfsizligi sohasidagi xalqaro xamkorlikni
rivojlantiradi;Bo‘limning yillik va yarim yillik ish rejalarini ishlab chiqadi;Raxbarlik qilayotgan bo‘limi xodimlarining ish rejalarini tasdiqdaydi;Institutning Ustavi, ichki tartib qoidalari, odob axloq kodeksi, ijro intizomi, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalari, Ilmiy kengash qarorlari, rektor buyruqlari (topshiriqlari), taʼlim tizimiga doir hujjatlar, institutning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati va sohaga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda qo‘yilgan maqsad va vazifalarga, shuningdek o‘zining xizmat vazifalariga rioya etish.