This website is currently running in test mode. Some features may be unavailable or may not work as expected!
shape
shape

FAYZIYEV FERUZ FARHOD O‘G‘LI

team image

FAYZIYEV FERUZ FARHOD O‘G‘LI

Matbuot kotibi

Men Buxoro davlat pedagogika institutida axborot siyosati masalalari bo‘yicha Matbuot kotibi sifatida faoliyat yuritaman. Media sohasida 16 yildan buyon ishlab kelmoqdaman. Shu davr mobaynida axborot xizmati, tasvirga olish va video montaj yo‘nalishlarida katta tajriba to‘plaganman. Faoliyatim davomida mingdan ortiq video materiallar, foto-reportajlar va ijodiy lavhalar tayyorlab, institut hayotidagi muhim voqea-hodisalarni jamoatchilikka tezkor va sifatli yetkazib kelmoqdaman. Institutda o‘tkaziladigan har bir tadbir, uchrashuv va jarayonlarga kreativ yondashuv asosida ishlash, voqeani zamonaviy va ta’sirchan formatda yoritish mening ish uslubimning muhim qismidir. 2023-yildan buyon Buxoro viloyati Matbuot kotibining tegishli buyrug‘i asosida Buxoro davlat pedagogika institutida faoliyat olib bormoqdaman. O‘z faoliyatimda ochiqlik, tezkorlik va sifat tamoyillariga amal qilgan holda, institut nufuzini ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda yanada mustahkamlashga harakat qilib kelmoqdaman. Shu bilan birga, tasvirga olish va video montaj bo‘yicha mutaxassis sifatida zamonaviy media texnologiyalaridan unumli foydalanib, institut faoliyatining har bir lavhasini professional darajada yoritishni o‘z oldimga maqsad qilganman.

Phone number:
+998935876569
Email:
fayziyevferuz25@gmail.com

jismoniy madaniyat ta'lim yo'nalishi

1.Institut rahbariyati tomonidan zamonaviy talablarga muvofiq belgilanadigan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
2.Axborot sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish borasida Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati hamda davlat va jamoat tashkilotlarining axborot xizmatlari bilan samarali va amaliy hamkorlikni ta'minlash;
3.Keng jamoatchilikni institut faoliyati,uning sohaga normativ huquqiy hujjatlari toʻgʻrisida holisona, sifatli va tezkor xabardor qilish;
4.Ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish,doimiy hamkorlikda ishlaydigan jurnalistlar doirasini shakllantirish, axborot xabarlarini tarqatish, filialda ommaviy tadbirlarni tashkil etish;
5. Institutning rasmiy veb-saytida axborotlarni joylashtirish va yangilab borish, Internet tarmogʻidagi veb-resurslarni , shu jumladan,ijtimoiy va mobil tarmoqlarni rivojlantirish;
6. Institut tarkibidagi boʻlinmalardagi belgilangan xodimlar bilan birgalikda milliy va xorijiy OAVda tarqatish uchun xabar axborot l-ma'lumot materiallar,sharhlar va axborot-tahliliy materiallar tayyorlash;
7. Institut faoliyatiga nisbatan jamoatchilik fikrining holati hamda OAV pozitsiyasini tahlil qilish va ular toʻgrisida institut rektoriga axborot berish;
8. Institutning faoliyat sohasiga aloqador matnli,foto,audio va video materiallar ma'lumotlar bankini shakllantirish va yuritish.