Tyutor
Axmedova Nozima Fayzulloyevna 1987 yil 6 yanvar Buxoro shahar Zulfiya ko'chasi 11/2 uy 37 xona adress Ma'lumoti:Bakalavr.Buxoro Muhandislik instituti: yo'nalishi Kasbiy ta'lim iqtisodiyot.
MEHNАT FАOLIYATI
2003 y -2006 y Buxoro yuridik kolleji talabasi
2006 y-2010 y. – Buxoro oziq ovqat va yengil sanoat texnologiya instituti
2011 y-2012 y.- Buxoro bank kollejida oʼqituvchi
2014 y-2015y- Buxoro davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulьtetida lobarant
2020 y-2021y- Buxoro davlat universiteti Xarbiy taʼlim fakulьtetida muxandis
2021y-2024y – Buxoro davlat pedagogika instituti Xarbiy taʼlim katta muxandis
2024- h.v.- Buxoro davlat pedagogika instituti tyutori
Kasb ta'limi:iqtisodiyot
Tyutorlik faoliyatining maqsadi — talaba-yoshlarni vatanparvarlik va milliy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash, shaxsiy-kasbiy rivojlanishiga yaqindan yordam berish, talabalarning taʼlim-tarbiya jarayonlariga moslashuvini taʼminlash, boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil qilishdan iborat.
Tyutorlik faoliyatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
talabalarning oliy taʼlim tashkiloti va taʼlim-tarbiya jarayonlariga moslashuviga, axborot-resurslari va boshqa manbalardan samarali foydalanishiga koʻmaklashish hamda shaxsiy-kasbiy qiziqishlarini rivojlantirishga qaratilgan yakka va jamoaviy maslahatlar berib borish, ichki tartib-qoidalar, odob-axloq kodeksi hamda boshqa lokal hujjatlar bilan talabalarni tanishtirish;
talabalarni vatanparvarlik, bagʻrikenglik, qonunlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli taʼsirlarga qarshi tura oladigan, hayotga boʻlgan qatʼiy ishonch va qarashlarga ega qilib tarbiyalash;
talabalarda sogʻlom turmush tarziga intilishni shakllantirish, shuningdek, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va jismoniy tarbiya bilan muntazam shugʻullanishini taʼminlash;
nogironligi boʻlgan, yetim, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarni hamda ijtimoiy-madaniy, maʼnaviy-maʼrifiy hayotida faol ishtirok etayotgan talabalarni ragʻbatlantirish boʻyicha takliflar kiritish;
talabalarning yashash manzillari (talabalar turar joyi, ijara, yaqin qarindoshi va xususiy xonadonlar) boʻyicha muntazam monitoring yuritish hamda u yerdagi sharoit va talabalarning ijtimoiy (oilaviy) holatidan xabardor boʻlish, ularning bu boradagi muammolarini oʻrganib, uni bartaraf etish boʻyicha rahbariyatga tegishli takliflar kiritish;
talabalarning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar bilan doimiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish hamda ularni farzandining oʻquv-tarbiyaviy va ijtimoiy-maishiy sohalardagi faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan xabardor qilib borish.