Kabinet mudiri lavozim vazifalari:
- Xar bir o‘tiladigan o‘quv mashg‘ulotlari oldidan o‘quv kabinetlarini o‘quv dasturlari va rejalariga asosan ko‘rgazmali o‘quv qurollari bilan ta’minlash;
- Kafedra metodik kabinetini kutubxonadan olingan yangi o‘quv va metodik adabiyotlar bilan ta’minlash;
- Texnik-o‘quv vositalarini qo‘llab professor-o‘qituvchilarga dars o‘tishda amaliy yordam berish;
- Kafedradagi texnik ko‘chirish ishlarini bajarish;
- Kafedradagi o‘quv kabinetlarining sanitariya-gigiena xolati ustidan nazorat kilish;
- Professor-o‘qituvchilarning tibbiy ko‘rikdan o‘tishini nazorat qilib borish hamda muddati yaqinlashgan professor-o‘qituvchilarga ogohlantirish;
- Rahbariyat va kafedra mudiri tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarish;
- Institutning Ustavi, ichki tartib qoidalari, odob axlok kodeksi, ijro intizomi, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalari, Ilmiy kengash qarorlari, rektor buyruqlari (topshiriqlari), ta’lim tizimiga doir hujjatlar, institutning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati va sohaga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda quyilgan maqsad va vazifalarga, shuningdek o‘zining xizmat vazifalariga rioya etish;
- Bilishi kerak:
O‘z faoliyatiga taalluqli Nizom, yo‘riqnomalar va me’yoriy xujjatlarni, OTMsi ichki tartib-koidalari, me’yoriy xujjatlarni bilishi;
Malaka talablari:
- Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellektual, madaniyatli, ijodiy kobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik kobiliyatlariga ega bulish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maksadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga yega bo‘lishi;
- Oliy ma’lumotga ega bulishi;
- O‘z soxasiga tegishli masalalar buyicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bulishi zarur.
- Axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan lavozim vazifalaridan kelib chiqib bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lishi;