This website is currently running in test mode. Some features may be unavailable or may not work as expected!
shape
shape

DAVRONOV NURZOD ISMOILOVICH

  • Home
  • O‘quv-uslubiy boshqarma
team image

DAVRONOV NURZOD ISMOILOVICH

O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i

Phone number:
936237575
Email:
dnurzod@mail.ru

jismoniy tarbiya va sport mashg'ulotlari nazariyasi va metodikasi

Ilmiy daraja: Fan nomzodi, PhD

Ilmiy unvon: Professor

O‘quv- uslubiy boshqarma boshlig‘ining lavozim vazifalari:

    • O‘quv-uslubiy kengash raisining o‘rinbosari vazifasini bajarish;
    • O‘quv-uslubiy boshqarma xodimlarining faoliyatini tashkil qilish, boshqarma xodimlariga o‘z vazifalarining ijrosi bo‘yicha uslubiy-amaliy yordam ko‘rsatish va xizmat vazifalarini talab darajasida bajarilishini nazorat qilish;
    • O‘quv-uslubiy boshqarmaning yillik ish rejasini tuzish;
    • Institut kengashi ishida ishtirok etish;
    • O‘quv jarayonini normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan talablar asosida to‘g‘ri tashkil etilganligi va HEMIS tizimidan foydalanish samaradorligini o‘rganib borish (jumladan, axborot tizimiga ma`lumotlarni o‘z vaqtida va to‘liq hajmda kiritilganligi, kredit-modul tizimini talab darajasida tashkil etilganligi);
    • O‘quv ishlariga doir Oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buyruq, Hay`at yig‘ilishi qarorlari va ko‘rsatmalari, Institut kengashi qarorlarini institut miqyosida joriy etish bo‘yicha rektorning buyruq va qaror loyihasini tayyorlash;
    • Yo‘nalish va mutaxassisliklar bo‘yicha fanlarning o‘quv-uslubiy adabiyotlar va malakali mutaxassislar bilan ta`minlanish darajasini tahlil qilish ishlarini tashkil etish;
    • Institut kengashi, dekanlar yig‘ilishiga o‘quv ishlariga doir axborotlar va ma`lumotlarni tayyorlash;
    • O‘quv-uslubiy ishlarga doir rektor buyruq, qaror va ko‘rsatmalarini fakultetlarda ijrosini nazorat qilish;
    • Yangi o‘quv yili o‘quv jarayonini tashkil qilish rejasini tuzadi va uning ijrosi bo‘yicha fakul`tetlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
    • Ta`lim yo‘nalishlari bo‘yicha yillik o‘quv reja va ishchi o‘quv rejalarini ko‘rib chiqish va tasdiq uchun tayyorlash;
    • Institut bo‘yicha o‘quv yuklamalari hajmi va mavjud shtat birliklari miqdori asosida professor-o‘qituvchilarning lavozimlari bo‘yicha o‘quv yuklamalari me`yorini belgilash va tasdiqdan o‘tkazish;
    • Kafedra ish hajmining professor-o‘qituvchilarga taqsimlanish sifati ustidan nazorat o‘rnatish, bu bo‘yicha kafedra yig‘ilishi qarori asosida rektor buyrug‘i loyihasini tayyorlash;
    • Kafedralar o‘quv yuklamasi va shtat birliklari o‘rtasida muvofiqlik bo‘lishi chorasini ko‘rish, kafedraga shtat ajratish yoki shtatni qisqartirish haqida taklif berish;
    • Fakultetlar taklifi va o‘quv rejalari asosida institut o‘quv grafigini tuzish va bu bo‘yicha rektor buyrug‘i loyihasini tayyorlash;
    • “Professor-o‘qituvchilar va o‘quv jarayoni haqida talabalar fikrini o‘rganish maqsadida so‘rovnomalar tashkil qilish, fakultetlar tahlilini institut miqyosida umumlashtirib, xulosa chiqarish ishlarini amalga oshirish;
    • YaDA sinovlari va bitiruv malakaviy ish himoyalarining samarali tashkil etilishini ta`minlash. YaDA jarayonida institut ma`muriyati nazoratini amalga oshirish;
    • O‘quv-uslubiy jarayonini tashkil etish hamda nazorat ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari va o‘quv-yordamchi xodimlariga uslubiy yordam ko‘rsatish;
    • O‘quv-uslubiy jarayonni tashkil etish va nazorat qilish ishlari bo‘yicha fakultet va kafedralar uchun uslubiy ko‘rsatmalar tayorlash ishlarini tashkil qilish;
    • O‘quv-uslubiy ishlarda o‘ziga berilgan vakolat doirasida samarali faoliyat ko‘rsatayotgan yoki kamchiliklarga yo‘l qo‘yayotgan professor-o‘qituvchilar va o‘quv yordamchi xodimlarni taqdirlash yoki jazo choralari ko‘rish haqida belgilangan tartibda taklif kiritish;
    • Vazirlik va boshqa yuqori tashkilotlarga rektor (yoki o‘quv ishlari prorektori) ko‘rsatmasiga asosan so‘ralgan ma`lumotni tayyorlash;
    • O‘quv jarayoniga oid me`yoriy va ishchi hujjatlarni tahlil qilib borish va takomillashtirish bo‘yicha belgilangan tartibda taklif kiritish; bu bo‘yicha fakultetlar takliflarini umumlashtirish;
    • Boshqarma xodimlarining malakasini va ish unumini oshirish choralarini belgilash, boshqarma faoliyatini takomillashtirish choralarini ko‘rish;
    • Xodimlar bo‘limi bilan birgalikda boshqarma tarkibini tajribali, ishga ijodiy yondasha oladigan, qat`iyatli va adolatli xodimlar bilan to‘ldirish choralarini ko‘rish;
    • Fakultetlarning o‘quv-uslubiy ishlar bo‘yicha yillik hisobotlarini umumlashtirish;
    • Boshqarma xodimlari, professor-o‘qituvchilar va talabalarning mehnat va o‘quv intizomlari ustidan nazorat o‘rnatilishini tashkil qilish;
    • O‘quv ishlari bo‘yicha murojaat, shikoyat va arizalarni ko‘rib chiqish hamda hal qilish choralarini ko‘rish;
    • O‘quv ishlari bo‘yicha muammoli vaziyatlarni, tushunmovchiliklarni tahlil qilish va belgilangan tartibda bartaraf etish chorasini ko‘rish;
    • Dekanat va kafedralarning o‘quv-uslubiy ishlar bo‘yicha faoliyatini tahlil qilib borishni tashkil etish. Qayd etilgan kamchiliklarning kafedra va dekanatlar tomonidan tuzatilishini nazoratga olish, ularga uslubiy-amaliy yordam ko‘rsatish.
    • Pedagog kadrlar va mutaxassislarni tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish;
    • O‘quv mashg‘ulotlari jadvalini tuzish, tasdiqlash va bajarilishini nazorat etish, kafedralar o‘quv yuklamalari va yillik hisobotlarini tahlil qilish va o‘quv jarayonini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
    • O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor xizmat safarida, mehnat ta`tilida yoki boshqa  sabablar tufayli bo‘lmaganda uning vazifasini vaqtincha bajarish;
    • Ta`lim platformalari bilan ishlash, nazorat qilish va yo‘nalishiga qarab tegishli ko‘rsatmalarni berish;
    • Oshkor qilib bo‘lmaydigan (konfidentsial) ma`lumotlarni o‘z ichiga oluvchi axborotlarni, shuningdek shaxsga oid ma`lumotlarni Ish beruvchi ruxsatisiz uchinchi shaxsga bermasligini va axborotni to‘liq saqlanishini o‘z zimmasiga oladi.
    • Boshqarma xodimlarining lavozim vazifalari bo‘yicha topshiriqlarni bajarish natijalariga ko‘ra ularni rag‘batlantirish yoki intizomiy chora ko‘rish haqida institut rahbariyatiga o‘rnatilgan tartibda taklif va tavsiyalar kiritish;
    • Boshqarma xodimlarini ishga o‘z vaqtida kelib-ketishini nazorat qilish, ishga kelmaganda, kasal bo‘lganda, tug‘ruq ta`tili yoki o‘z hisobidan ta`til olmoqchi  bo‘lganda o‘sha zahotiyoq institut rektori nomiga bildirishnoma yozib, xodimlar bo‘limini ogohlantirish;
    • Institutning Ustavi, Ichki tartib qoidalari, Odob axloq kodeksi, Ijro intizomi, Mehnatni muhofaza qilish, Xavfsizlik texnikasi va Ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalari, Kengash qarorlari, rektor buyruqlari (topshiriqlari), ta`lim tizimiga doir hujjatlar, institutning korruptsiyaga qarshi kurashish siyosati va sohaga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda quyilgan maqsad va vazifalarga, shuningdek o‘zining xizmat vazifalariga rioya etish.