shape
shape

Talaba-yoshlar uchun guruhiy psixologik trening o‘tkazildi

  • Home
  • Talaba-yoshlar uchun guruhiy psixologik trening o‘tkazildi
Event Image

Talaba-yoshlar uchun guruhiy psixologik trening o‘tkazildi

    Bugun Tillar fakukteti tyutorlari institut psixologi Sh.Zuxurova ishtirokida talaba-yoshlar uchun guruhiy psixologik trening tashkil etildi. Trening davomida ishtirokchilar o‘zaro muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish, stressni boshqarish, ijobiy fikrlashni shakllantirish hamda jamoada ishlash madaniyatini mustahkamlash bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda qatnashdilar.

    Samimiy suhbatlar, qiziqarli mashqlar va erkin muhit ishtirokchilarga o‘z fikrlarini ochiq ifoda etish, ichki kechinmalarini anglash hamda yangi motivatsiya olish imkonini berdi.

    Bunday treninglar yoshlarning ruhiy salomatligini qo‘llab-quvvatlash, ularning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirish va hayotga ongli yondashuvini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

    Kelgusida ham bu kabi foydali va dolzarb tadbirlar muntazam davom ettiriladi.