This website is currently running in test mode. Some features may be unavailable or may not work as expected!
shape
shape

Buxoro davlat pedagogika institutida navbatdagi ilmiy himoyalar bo‘lib o‘tdi

  • Home
  • Buxoro davlat pedagogika institutida navbatdagi ilmiy himoyalar bo‘lib o‘tdi
Event Image

Buxoro davlat pedagogika institutida navbatdagi ilmiy himoyalar bo‘lib o‘tdi

☄️ ✅ Buxoro davlat pedagogika instituti huzuridagi PhD.03/12.02.2025.Ped.167.01 raqamli ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashning navbatdagi majlisi o‘tkazildi. Majlis davomida ikki nafar tadqiqotchi tomonidan tayyorlangan dissertatsiya ishlari muhokama qilinib, muvaffaqiyatli tarzda himoya qilindi.

👤 Jumayeva Feruza Faxriddinovna — Institutning tayanch doktoranti 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan “Kompleks yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining huquqiy savodxonligini shakllantirish metodikasi” mavzusidagi dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.

👤 Ismoilova Malika Erkinovna — Navoiy davlat universiteti tayanch doktoranti 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi, pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan “Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilararo nizolarni bartaraf etish mexanizmlari” mavzusidagi ilmiy ishini ham muvaffaqiyatli himoya qildi.

    Ushbu ilmiy himoyalar pedagogika yo‘nalishida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish jarayonining muhim bosqichi bo‘lib, Ilmiy kengash a’zolari tomonidan belgilangan tartib asosida yuqori darajada baholandi.