


Buxoro davlat pedagogika institutida oliy ta’limdan keyingi ta’lim bosqichida tahsil olayotgan izlanuvchilar uchun mutaxassislik fanlaridan malakaviy imtihonlar o‘tkazildi.
🔍 Imtihon jarayonlari amaldagi me’yoriy hujjatlar asosida, adolat, oshkoralik va xolislik tamoyillariga to‘liq rioya qilingan holda tashkil etildi. Jarayon davomida izlanuvchilarning kasbiy bilim va malakalari, ilmiy izlanish olib borish bo‘yicha tayyorgarligi hamda tadqiqot kompetensiyalari atroflicha baholab borildi.
Mazkur imtihonlar izlanuvchilarning ilmiy salohiyatini namoyon etish, ularning malakaviy darajasini aniqlash hamda keyingi ilmiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qildi.