


Trening jarayonida talabalar bilan ochiq muloqot olib borilib, ularning ruhiy holatini mustahkamlash, stressni boshqarish hamda ijobiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida sog‘lom turmush tarzining ahamiyati haqida batafsil so‘z yuritilib, to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollik va ruhiy salomatlikni asrash bo‘yicha foydali tavsiyalar berildi.
Bunday amaliy mashg‘ulotlar talabalarning nafaqat bilim, balki hayotiy ko‘nikmalarini boyitishda muhim ahamiyat kasb etadi.