This website is currently running in test mode. Some features may be unavailable or may not work as expected!
shape
shape

Buxoro davlat pedagogika institutida PhD dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tdi

  • Home
  • Buxoro davlat pedagogika institutida PhD dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tdi
Event Image

Buxoro davlat pedagogika institutida PhD dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tdi

    Buxoro davlat pedagogika instituti huzuridagi DSc.01/2025.27.12.Ped.13.01 raqamli Ilmiy kengash majlisida Davronov Ismoil Ergashevichning 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha “Variativ-yondashuv asosida bo‘lajak boshlang‘ich o‘qituvchilarining kreativ faoliyatini rivojlantirish mexanizmi” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi bo‘lib o‘tdi.

    Ilmiy kengash majlisida tadqiqot ishining dolzarbligi, ilmiy yangiligi hamda amaliy ahamiyati atroflicha muhokama qilinib, tegishli xulosalar bildirildi. Mazkur ilmiy ish bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kreativ faoliyatini variativ yondashuv asosida rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini ilmiy jihatdan asoslab bergani bilan ahamiyatlidir.