


Buxoro davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti tyutorlari Z.Sultonova, K.Xolmatovalar institut psixologi Sh.Zuhurova bilan hamkorlikda, 2026-yil 24-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida o‘tkazilishi belgilaganligi munosabati bilan profilaktik davra suhbati oʻtkazildi.
Bugungi suhbat “Talabalar hayotida psixologik barqarorlik va motivatsiya” deb nomlanadi.
Barchamizga ma’lumki, talabalik davri – inson hayotidagi eng muhim va mas’uliyatli bosqichlardan biridir. Bu davrda yoshlar bilim olish bilan birga kelajak rejalari, kasb tanlash, yangi muhitga moslashish kabi turli psixologik holatlarni boshdan kechiradilar.