This website is currently running in test mode. Some features may be unavailable or may not work as expected!
shape
shape

Yakuniy nazoratlar: BDPI’da bilimni baholashning zamonaviy va shaffof mexanizmlari joriy etildi

  • Home
  • Yakuniy nazoratlar: BDPI’da bilimni baholashning zamonaviy va shaffof mexanizmlari joriy etildi
Event Image

Yakuniy nazoratlar: BDPI’da bilimni baholashning zamonaviy va shaffof mexanizmlari joriy etildi

     O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi (https://lex.uz/uz/docs/-7429154) 149-son (https://lex.uz/uz/docs/-7429154) Qarori hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 2-dekabrdagi “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalar bilimini baholash va nazorat qilish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 452-son buyrug‘i (https://lex.uz/docs/-3255676) ijrosini ta’minlash maqsadida Buxoro davlat pedagogika instituti talabalari uchun yakuniy nazorat imtihonlari markazlashgan tartibda tashkil etilmoqda.

📆 2026-yil 16-yanvar kuni yakuniy nazoratlar barcha zarur shart-sharoitlar bilan to‘liq ta’minlangan, umumiy sig‘imi 200 o‘ringa mo‘ljallangan maxsus jihozlangan binolarda, belgilangan jadval asosida ikki smenada o‘tkazildi.

✔️ Imtihon jarayonlarida shaffoflik, adolat va xolislikni ta’minlash, shuningdek, korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rildi. Nazorat jarayonlari mas’ul komissiya a’zolari tomonidan doimiy kuzatuv ostida olib borildi, talabalar bilimini baholashda inson omilini kamaytirish va har qanday noqonuniy holatlarning oldini olishga alohida e’tibor qaratildi.

🎓 Mazkur tartiblar talabalarning bilim va ko‘nikmalarini haqqoniy baholash, ta’lim sifatini oshirish hamda oliy ta’lim tizimida korrupsiyadan xoli muhitni shakllantirishga xizmat qilmoqda.