shape
shape

‘Reproduktiv va psixologik salomatlik – sog‘lom avlod poydevori’ mavzusida davra suhbati

  • Home
  • ‘Reproduktiv va psixologik salomatlik – sog‘lom avlod poydevori’ mavzusida davra suhbati
Event Image

‘Reproduktiv va psixologik salomatlik – sog‘lom avlod poydevori’ mavzusida davra suhbati

    Buxoro davlat pedagogika instituti Tillar fakulteti tyutorlari institut psixologi Sh.Zuxurova bilan hamkorlikda "Reproduktiv va psixologik salomatlik - sog'lom avlod poydevori" mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.

    Davra suhbati davomida sog'lom avlodni tarbiyalashda oila, ta'lim muassasalari va jamiyatning o'rni, shuningdek, zamonaviy muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr almashildi.

    Maqsad: yoshlar ongida sog'lom turmush tarzi va mas'uliyatli yondashuvni shakllantirish
    Psixologik salomatlikni saqlash va mustahkamlash bo‘yicha tavsiyalar berish
    Yoshlar o‘rtasida mas’uliyatli qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish
    Salbiy illatlar va noto‘g‘ri axborotlardan himoyalanish bo‘yicha ogohlikni oshirish

    Suhbat davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar. Interaktiv tarzda olib borilgan uchrashuv yoshlar uchun nafaqat foydali, balki motivatsion ruhda ham o‘tdi.