


28-fevral kuni “Giyohvandlik va narkojinoyatni oldini olish” oyligi munosabati bilan Buxoro davlat pedagogika instituti Tillar fakulteti talabalari hamda institut psixologi Sh.Zuxurova ishtirokida “Biz zararli odatlarga yoʻq deymiz” shiori ostida targʻibot ishlari olib borildi. Tadbir davomida talabalarga giyohvandlikning salbiy oqibatlari, uning inson salomatligi va jamiyat taraqqiyotiga yetkazadigan zarari haqida batafsil ma’lumot berildi. Psixolog tomonidan zararli odatlarga qarshi mustahkam irodani shakllantirish, sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yish hamda turli salbiy ta’sirlarga berilmaslik bo‘yicha tavsiyalar berildi. Tadbir yoshlar o‘rtasida sog‘lom hayot tarzini targ‘ib qilish va huquqbuzarliklarning oldini olishga xizmat qildi.