


Buxoro davlat pedagogika instituti ,Aniq va tabiiy fanlar fakulteti , Texnologik ta'lim kafedrasi dotsenti Hamdamova Nozima Muqimovna 2025 yil 6-dekabrda Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi phd.03/30.12.2019.ped.72.04 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengashda 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologik ta’lim) ixtisosligi bo'yicha " Boʻlajak texnologiya fani oʻqituvchilarining kasbiy-metodik kompetentligini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi " mavzusidagi dissertatsiyasini muvafaqiyatli himoya qildi. O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim Fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy atestatsiya komissiyasining 2025-yil 27-dekabrdagi 379/1-son bayonnomasiga asosan Pedagogika fanlari doktori ilmiy darajasiga tasdiqlandi. N.M.Hamdamovaning ijodiy ishlariga institut jamoasi nomidan muvafaqqiyatlar tilaymiz.