This website is currently running in test mode. Some features may be unavailable or may not work as expected!
shape
shape

8-Mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan voleybol musobaqasi bo‘lib o‘tdi

  • Home
  • 8-Mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan voleybol musobaqasi bo‘lib o‘tdi
Event Image

8-Mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan voleybol musobaqasi bo‘lib o‘tdi

     Buxoro davlat pedagogika institutida 8-Mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan ayol professor-o‘qituvchilar hamda ishchi-xodimalar o‘rtasida sport musobaqalari doirasida voleybol bahslari bo‘lib o‘tdi.

    Musobaqa yuqori kayfiyat, sport ruhiyati va sog‘lom raqobat muhitida tashkil etildi. Ishtirokchilar o‘z mahoratlarini namoyon etib, jamoada do‘stona muhit va birdamlikni yanada mustahkamlashga hissa qo‘shdilar.

📊 Musobaqa natijalariga ko‘ra:

🥇  Jismoniy madaniyat fakulteti
🥈  Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi
🥉  Maktabgacha va boshlang'ich ta’lim fakulteti hamda Aniq va tabiiy fanlar fakulteti.

    Barcha ishtirokchilarni samimiy muborakbod etamiz va ularga mustahkam sog‘liq hamda yangi sport yutuqlarini tilaymiz!