This website is currently running in test mode. Some features may be unavailable or may not work as expected!
shape
shape

Bitiruvchilar uchun tadbir: Bandlik va imtiyozli kreditlar

  • Home
  • Bitiruvchilar uchun tadbir: Bandlik va imtiyozli kreditlar
Event Image

Bitiruvchilar uchun tadbir: Bandlik va imtiyozli kreditlar

☄️✅ Buхоро davlat pedagogika instituti Bandlik va karyera bo‘limi hamda “O‘zmilliybank” AJ Buxoro filiali hamkorligida bitiruvchi talabalar uchun seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida “O‘zmilliybank” AJ tomonidan taqdim etilayotgan imtiyozli kreditlar, ularni rasmiylashtirish tartibi, talab qilinadigan hujjatlar va kreditlardan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

 ✅ Tadbirda Buxoro davlat pedagogika instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori M. Bafoyev, “O‘zmilliybank” AJ Buxoro filiali hududiy direktori I. Rajabov, Buxoro viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi mas’ul xodimi U. Elmurodov, Registrator ofisi boshlig‘i X. Xakimov hamda “Kelajakka qadam” markazi menejerlari M. Kurbanova ishtirok etib, bitiruvchilarga amaliy va muhim ma’lumotlarni yetkazdilar.

🌟🌟 Tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-61-son (https://www.lex.uz/uz/docs/-7386917) va PQ-328-son (https://lex.uz/uz/docs/-7808442) qarorlari bo‘yicha bitiruvchilarning bandligini ta’minlash mexanizmlari, kredit olish jarayoni va talab qilinadigan hujjatlar bosqichma-bosqich tushuntirildi. Shuningdek, “Biznes g‘oyadan tayyor loyihagacha” mavzusida seminar-trening tashkil etilib, yoshlar amaliy bilim va tajriba orttirdi.

    Ushbu tadbir bitiruvchilarni nafaqat ishga joylashish va moliyaviy imkoniyatlar bilan tanishtirish, balki ularni amaliy ko‘nikmalar bilan boyitish hamda kelajakdagi muvaffaqiyatli faoliyatga tayyorlashga xizmat qildi.

✔️ Misol qilib aytganda, Buxoro davlat pedagogika instituti bitiruvchilari “Kelajakka Qadam” dasturi doirasida imtiyozli kreditlar orqali quyidagi loyihalarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar:

🎓 Bahodirova Gullola Bahtiyor qizi — Buxoro shahar Somoniylar istirohat bog‘ida kattalar va yoshlar uchun mo‘ljallangan kulgich va attraksionlar xaridi uchun 1 mlrd. so‘mlik kredit ajratildi.
🎓 Jamolova Gulmira Sharipovna — korxona faoliyati uchun zarur yuk tashuvchi avtomobil vositalari xaridi uchun 810 mln. so‘mlik imtiyozli kredit olindi.
🎓 Safarov Javohir Murod o‘g‘li — non va non mahsulotlari faoliyatini kengaytirish maqsadida zarur bo‘lgan un va yog‘ mahsulotlari xaridi uchun 50 mln. so‘mlik kredit bilan ta’minlandi.

    Ushbu imtiyozli kreditlar “O‘zmilliybank” AJ Buxoro viloyat “Kelajakka Qadam” markazi tomonidan ajratilib, bitiruvchilarning tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va kelajakdagi muvaffaqiyatli loyihalarni amalga oshirishiga xizmat qilmoqda.

📞 "Kelajakka qadam" markazi xodimlariga murojaat uchun: +998 90 514 49 48