This website is currently running in test mode. Some features may be unavailable or may not work as expected!
shape
shape

Buxoro davlat pedagogika institutida navbatdagi yuksak natija!

  • Home
  • Buxoro davlat pedagogika institutida navbatdagi yuksak natija!
Event Image

Buxoro davlat pedagogika institutida navbatdagi yuksak natija!

Buxoro davlat pedagogika instituti Tillar fakulteti, Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Ismoilova Parvina xalqaro IELTS imtihonidan 8,5 ball natija qayd etib, C2 darajadagi til bilish ko‘nikmasini tasdiqladi. 

Mazkur natija talabaning ingliz tilini yuqori darajada egallagani, mustahkam bilim va izchil mehnat orqali katta yutuqqa erishganini yaqqol namoyon etadi. Xalqaro mezonlarga ko‘ra, IELTS’dan 8,5 ball olish tilni erkin, professional va akademik darajada qo‘llay olish imkoniyatini anglatadi.

Ushbu muvaffaqiyat nafaqat talabaning shaxsiy yutug‘i, balki Buxoro davlat pedagogika institutida olib borilayotgan sifatli ta’lim jarayoni hamda Tillar fakulteti professor-o‘qituvchilarining samarali mehnati natijasidir.

Institut jamoasi Ismoilova Parvinani samimiy tabriklaydi va kelgusidagi ilmiy hamda akademik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi. Institut jamoasi bunday iqtidorli va intiluvchan yoshlar bilan faxrlanadi.