This website is currently running in test mode. Some features may be unavailable or may not work as expected!
shape
shape

Butunjahon tozalik kuni – Hayot uchun joy ajrating!

  • Home
  • Butunjahon tozalik kuni – Hayot uchun joy ajrating!
Event Image

Butunjahon tozalik kuni – Hayot uchun joy ajrating!

    20-sentabr kuni “Samoniylar” istirohat bog‘ida Butunjahon tozalik kuni munosabati bilan keng qamrovli ekologik aksiya o‘tkazildi.

    👁Tadbir Buxoro viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi hamda Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan tashkil qilindi.

    ➡️ Aksiyada ekologiya boshqarmasi xodimlari, Davlat ekologik ekspertizasi, tizim tashkilotlari vakillari bilan bir qatorda Buxoro davlat pedagogika instituti volontyorlik markazi eko-volontyor talabalari ham faol ishtirok etib, hududni chiqindilardan tozalashda o‘z hissalarini qo‘shdilar.

    🥇 Faol ishtirokchilar esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.

    🗣 Tadbirning asosiy maqsadi — aholi va yoshlarning ekologik madaniyatini oshirish, hududlarni chiqindilardan holi etish hamda xalqaro tajribani ommalashtirishdir.

    ℹ️Ma’lumot uchun: Butunjahon tozalik kuni ilk bor 2008-yilda Estoniyada 50 ming ko‘ngillilar tashabbusi bilan boshlangan. Bugungi kunda 180 dan ortiq mamlakat ko‘ngillilari bir kun davomida yagona maqsad — toza va sog‘lom muhit sari birlashmoqda. O‘zbekistonda esa bu an’ana 2019-yildan buyon davom ettirilmoqda.

    🌱 Buxoro davlat pedagogika instituti eko-volontyorlari ham ushbu xalqaro tashabbusning faol ishtirokchilaridan biri sifatida toza, yashil va barqaror kelajak uchun o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqda.