


Trening davomida ishtirokchilarga kundalik ish faoliyatida uchraydigan ruhiy bosimlarni aniqlash, ularni boshqarish hamda ichki muvozanatni saqlashga yordam beruvchi turli amaliy texnikalar o‘rgatildi. Interaktiv mashg‘ulotlar orqali tyutorlar o‘z hissiyotlarini to‘g‘ri anglash, stressli vaziyatlarda tez va oqilona qaror qabul qilish ko‘nikmalarini mustahkamlashdi.
Mazkur treningning foydali jihatlaridan biri — ishtirokchilarning ruhiy salomatligini qo‘llab-quvvatlash bilan birga, ularning kasbiy samaradorligini oshirishga xizmat qilganidir. Shuningdek, jamoada ijobiy psixologik muhitni shakllantirish, o‘zaro tushunish va hamkorlikni kuchaytirishga ham katta hissa qo‘shdi.
Bunday treninglar nafaqat ish unumdorligini oshiradi, balki insonning shaxsiy rivojiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.