This website is currently running in test mode. Some features may be unavailable or may not work as expected!
shape
shape

“Men donorman” ezgulik aksiyasi yordamga muhtoj bemorlar uchun donorlik xayriya tadbiri

  • Home
  • “Men donorman” ezgulik aksiyasi yordamga muhtoj bemorlar uchun donorlik xayriya tadbiri
Event Image

“Men donorman” ezgulik aksiyasi yordamga muhtoj bemorlar uchun donorlik xayriya tadbiri

☄️ ✅ Buxoro davlat pedagogika institutida “Men donorman” shiori ostida yordamga muhtoj bemorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida navbatdagi donorlik xayriya aksiyasi o‘tkazildi. Tadbirda institut rektori B. Ma'murov boshchiligida professor-o‘qituvchilar, xodimlar va ko‘ngilli ishtirokchilar faol qatnashdi.

✔️  Aksiya maqsadi — tibbiy va ijtimoiy yordamga muhtoj bemorlarga beg‘araz ko‘mak ko‘rsatish, donorlik madaniyatini targ‘ib qilish hamda jamiyatda insonparvarlik, mehr-oqibat va saxovat tuyg‘ularini kuchaytirishdir.

Tadbir davomida ko‘ngilli donorlar turli xastaliklar sababli qonga ehtiyoj sezayotgan bemorlar hayotini saqlab qolish yo‘lida o‘z insoniy burchlarini ado etishdi. Ularning har bir tomchi qoni — bir inson hayotini saqlab qolishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Ezgulik — insonning eng oliy fazilati. Donorlik — hayot baxsh etishdir.