This website is currently running in test mode. Some features may be unavailable or may not work as expected!
shape
shape

Buxoro davlat pedagogika institutida PhD dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tdi

  • Home
  • Buxoro davlat pedagogika institutida PhD dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tdi

Buxoro davlat pedagogika institutida PhD dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tdi

    Buxoro davlat pedagogika instituti huzuridagi DSc.01/2025.27.12.Ped.13.01 raqamli Ilmiy kengash majlisida Toshev Murodjon Xalilovichning 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha “Maktab o‘quvchilarining intellektual qobiliyatlarini shaxmatni o‘qitish jarayonida rivojlantirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi bo‘lib o‘tdi.

    Ilmiy kengash majlisida tadqiqot ishining dolzarbligi, ilmiy yangiligi hamda amaliy ahamiyati atroflicha muhokama qilinib, tegishli xulosalar bildirildi. Mazkur ilmiy ish maktab o‘quvchilarining intellektual salohiyatini rivojlantirishda shaxmat ta’limining o‘rni va pedagogik imkoniyatlarini ilmiy asosda yoritib bergani bilan ahamiyatlidir.