shape
shape

BuxDPIda 1-dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi.

  • Home
  • BuxDPIda 1-dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi.
Event Image

BuxDPIda 1-dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi.

1-dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni munosabati bilan dunyoning ko‘plab davlatlari, jamoat va tibbiyot tashkilotlarida mazkur mavzuga bag‘ishlangan o‘quv, profilaktik va diagnostika tadbirlari o‘tkazib kelinadi.

Shu munosabat bilan Buxoro davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti hamda Tillar fakulteti tyutorlari, talabalari va ARM xodimlari hamkorligida “Biz OITSga qarshimiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir yoshlar o‘rtasida sog‘lom hayot tamoyillarini targ‘ib qilish, zarur bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qildi.