This website is currently running in test mode. Some features may be unavailable or may not work as expected!
shape
shape

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANIGA TAKLIF

  • Home
  • RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANIGA TAKLIF
Event Image

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANIGA TAKLIF

    Buxoro davlat pedagogika institutida biologiya fanining bugungi holati va istiqboldagi rivojiga bag‘ishlangan nufuzli ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tadi.

    O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 16-yanvardagi 11-son buyrug‘i asosida Buxoro davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Biologiya kafedrasi tomonidan “Biologiya fanini rivojlantirishda zamonaviy tadqiqotlar: muammolar, istiqbolli yechimlar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjuman tashkil etilmoqda.

    Anjuman doirasida biologiya fanining dolzarb muammolari, sohada olib borilayotgan zamonaviy ilmiy tadqiqotlar, innovatsion yondashuvlar, ilmiy natijalarni amaliyotga tatbiq etish masalalari hamda istiqbolli yechimlar atroflicha muhokama qilinadi.

    Tadbirda professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, mustaqil izlanuvchilar, doktorantlar, magistrantlar va yosh tadqiqotchilarning faol ishtiroki kutilmoqda. Anjuman ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashish va yangi ilmiy g‘oyalarni ilgari surish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.

🗓 Sana: 2026-yil 27-fevral
📍 Manzil: Buxoro davlat pedagogika instituti
📞Tel: +998914161188
💻 Format: an’anaviy (offline) va masofaviy (online)

    Biologiya faniga befarq bo‘lmagan barcha soha vakillarini ushbu ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etishga chorlaymiz!