This website is currently running in test mode. Some features may be unavailable or may not work as expected!
shape
shape

Ilmiy-pedagogik hamkorlikni kengaytirish yo‘lida muhim tashrif

  • Home
  • Ilmiy-pedagogik hamkorlikni kengaytirish yo‘lida muhim tashrif
Event Image

Ilmiy-pedagogik hamkorlikni kengaytirish yo‘lida muhim tashrif

    Buxoro davlat pedagogika instituti prorektori M.M.Bafayev Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining “Koreys tili va adabiyoti” kafedrasiga ishchi tashrif buyurdi. Tashrif davomida mazkur yo‘nalish bo‘yicha o‘quv rejalari, fan dasturlari, o‘quv-adabiy manbalar hamda professor-o‘qituvchilarning ilmiy-pedagogik salohiyati bilan yaqindan tanishildi.

     Uchrashuvlar jarayonida Buxoro davlat pedagogika institutida kelgusida tashkil etilishi rejalashtirilayotgan Koreys tili kafedrasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun muhim bo‘lgan tashkiliy, metodik va akademik jihatlar atroflicha o‘rganildi. Mazkur tajriba almashuvi yangi kafedraning samarali faoliyatini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

    “Koreys tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri Malika Muxiddinova tomonidan Buxoro davlat pedagogika instituti bilan o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, metodik ta’minot bilan qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, yangi tashkil etilayotgan koreys tili kafedrasi uchun zarur bo‘lgan amaliy va ilmiy yordamlarni ko‘rsatishga tayyor ekanligi ta’kidlandi.

    Uchrashuv yakunida ilmiy-pedagogik va madaniy hamkorlikni yanada mustahkamlash, qo‘shma loyihalar va tajriba almashuvlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelgusi rejalar belgilab olindi.