


Bugun ta’lim tizimining raqobatbardoshligi va zamonaviyligi, avvalo xalqaro hamkorlik darajasi bilan o‘lchanadi. Shu maqsadda xorijiy universitetlar bilan qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchilar almashinuvi, talabalar mobililigi va ilmiy loyihalarda hamkorlikni rivojlantirish ustuvor yo‘nalishlardan biridir.
Shu munosabat bilan Osiyoda TOP-300, dunyoda TOP-1000 oliy ta’lim muassasalari qatoriga kiruvchi Abay nomidagi Qozog‘iston milliy universiteti professori Kariyev Adlet Dyusembayevich Buxoro davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor M. Bafoyev boshchiligida professor institutning registrator ofisi, kimyo, biologiya va fizika laboratoriyalari hamda Axborot-resurs markazi bilan yaqindan tanishtirdi.
Uchrashuvning asosiy maqsadi ikki davlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi ilmiy aloqalarni mustahkamlash, tajriba almashish, zamonaviy ta’lim jarayonlarini takomillashtirish va kelgusidagi hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat bo‘ldi. Mazkur tashrif “Umumiy pedagogika” va “Pedagogik ta’lim” kafedralari professor-o‘qituvchilari hamda magistrantlari uchun katta ilmiy-amaliy ahamiyatga ega bo‘ldi.
Bu tashrif Buxoro davlat pedagogika instituti uchun xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, pedagogik tajribani boyitish va ta’lim sifatini yangi darajaga ko‘tarish yo‘lida muhim qadam sifatida baholanmoqda.