This website is currently running in test mode. Some features may be unavailable or may not work as expected!
shape
shape

Xalqaro hamkorlik yo‘lida muhim qadam

  • Home
  • Xalqaro hamkorlik yo‘lida muhim qadam
Event Image

Xalqaro hamkorlik yo‘lida muhim qadam

    Buxoro davlat pedagogika instituti delegatsiyasi malaka oshirish, stajirovka o‘tash hamda tajriba almashish maqsadida M. Avezov nomidagi Janubiy Qozog’iston universitetiga tashrif buyurdi.

✅ Delegatsiya tarkibida:
— O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi professorlari Istamova Shohida Maqsudovna, Axmedova Dildora Bahodirovna,
— Ro‘ziyeva Mohichehra Yoqubovna, dotsent Xalilova Ruxsora Raupovna,
— Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi professori Safarova Nigora Oxunjonovna,
— Xorijiy tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi professori Yusupova Hilola O‘ktamovna ishtirok etmoqda.

    Tashrif doirasida institut jamoasi dastlab hamkor universitetning malaka oshirish bo‘limi boshlig‘i Xamid Bekbo‘latov bilan uchrashib, malaka oshirish dasturi bilan yaqindan tanishdi hamda kelgusidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishdi.

    Shuningdek, professor-o‘qituvchilarimiz universitetning xalqaro aloqalar bo‘limi faoliyati bilan tanishib, akademik almashinuvlar va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarida o‘zaro manfaatli kelishuvlarga kelishdi.

    Delegatsiya a’zolari universitet kutubxonasi kitoblar fondi, zamonaviy o‘quv zallari, shuningdek, elektron ta’lim bazalaridan foydalanish imkoniyatlari bilan ham tanishdilar.