

Buxoro davlat pedagogikada xalqaro “Developing Future Leaders of Inclusive English Language Learning in Central Asia” nomli memorandum (https://t.me/bukhspi/45371) loyihasining 2-kuni davomiy istiqbolli hamkorlik rejalarini muhokama qilish bilan davom etdi. Kelishuv davomida Buxoro davlat pedagogika instituti rektori B.Ma'murov Britaning Sussex universiteti professorlariga esdalik sovg'alar taqdim etdilar.
Mazkur tashabbusning asosiy maqsadi — inklyuziv ingliz tili ta’limi sohasida kelajak yetakchilarini tayyorlash, pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish hamda barqaror xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdir.
Uchrashuv davomida:
➡️ Inklyuziv ta’lim metodologiyasi
➡️ O‘qituvchilar uchun yetakchilik ko‘nikmalarini shakllantirish
➡️ Akademik mobillik va qo‘shma trening dasturlari
➡️ Raqamli va adaptiv ta’lim texnologiyalari
➡️ Qo‘shma ilmiy tadqiqotlar
masalalari muhokama qilindi.
Memorandum quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:
✅ Inclusive English Language Teaching Leadership Training
✅ Joint Research on Inclusive Pedagogy
✅ Capacity Building for Teacher Educators
✅ International Exchange and Academic Mobility
✅ Development of Sustainable Educational Partnerships
Ushbu tashabbus inklyuziv, teng imkoniyatlarga asoslangan va innovatsion ingliz tili ta’lim tizimini shakllantirishda muhim qadam bo‘ladi.
👤 Biz ishonamizki, mazkur memorandum (https://t.me/bukhspi/45371) nafaqat talabalarga, balki kelajak pedagoglari va ta’lim tizimiga keng ko‘lamli ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.