This website is currently running in test mode. Some features may be unavailable or may not work as expected!
shape
shape

BuxDPI va O‘zDJTU o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

  • Home
  • BuxDPI va O‘zDJTU o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
Event Image

BuxDPI va O‘zDJTU o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

    2025-yil 12-dekabr kuni Buxoro davlat pedagogika instituti va O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Uchrashuvda BuxDPI rektori Bahodir Ma’murov va O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov ishtirok etdi.

    Memorandum doirasida  professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, ilmiy hamkorlik, ta’lim metodikalari va texnologiyalarini rivojlantirish, malaka oshirish kurslari, seminarlar, konferensiyalar va boshqa qo‘shma tadbirlarni tashkil etish, Buxoro davlat pedagogika institutida koreys, xitoy hamda yapon tili kafedralarini ochish va bunda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti tajribasini oʻrganish, shuningdek, xorijiy professor-oʻqituvchilarni jalb qilish, oliygohlar kutubxonasidan  foydalanishni yoʻlga qoʻyish, ikki ta’lim muassasasida olib boriladigan magistrlik va doktorlik dissertatsiyalari bo‘yicha ilmiy rahbarlik va maslahat berish, talabalarning akademik mobilligini ta’minlash kabi masalalar amalga oshiriladi.