This website is currently running in test mode. Some features may be unavailable or may not work as expected!
shape
shape

“Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida

  • Home
  • “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida
Event Image

“Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-apreldagi PF-73-sonli “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi pedagogika oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va xodimlari uchun 2025-yil 5-noyabrdan 5-dekabrgacha (2 hafta onlayn, 2 hafta oflayn) Rossiya Federatsiyasining Moskva davlat pedagogika universitetida malaka oshirish kurslari tashkil etilgan.

    ✅ Shu munosabat bilan Fizika kafedrasi o‘qituvchisi S.S. Salimov hamda Biologiya kafedrasi mudiri A.H. Barotov ayni damda mazkur universitetda o‘tkazilayotgan malaka oshirish kursi darslarida ishtirok etmoqdalar.