This website is currently running in test mode. Some features may be unavailable or may not work as expected!
shape
shape

YUKSAK EʼTIROF VA MUNOSIB MUKOFOT

  • Home
  • YUKSAK EʼTIROF VA MUNOSIB MUKOFOT
Event Image

YUKSAK EʼTIROF VA MUNOSIB MUKOFOT

     2025–2026 o‘quv yilida Buxoro davlat pedagogika instituti Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti talabasi Rahmatov Murodjon Azam o‘g‘li O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohibi bo‘ldi (https://api-portal.gov.uz/uploads/7/2026/02/02/bf255ce7-1ffd-b893-ce10-e3abc1ffd339_media_.pdf).

Mazkur yuksak natija talabaning o‘quv jarayonidagi faolligi, ilmiy-tadqiqot ishlari bilan muntazam shug‘ullanishi, pedagogika yo‘nalishida erishgan salmoqli yutuqlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtirokining e’tirofi sifatida baholanmoqda.

🎓 Talabaning ilmiy faoliyatiga institutning yetuk mutaxassisi Kenjayev Sardor Nurmurod o‘g‘li rahbarlik qilib kelmoqda. Ilmiy rahbarning tajribasi va samarali maslahatlari stipendiya sohibining ilmiy salohiyatini yanada oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

👏 Rahmatov Murodjon Azam o‘g‘lini ushbu nufuzli yutuq bilan muborakbod etamiz!