This website is currently running in test mode. Some features may be unavailable or may not work as expected!
shape
shape

Yoshlar Para Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi

  • Home
  • Yoshlar Para Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi
Event Image

Yoshlar Para Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi

    7–14-dekabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan Yoshlar Para Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi yuksak natija qayd etib, yana bir bor yurtimiz sportchilarining jahondagi tengsiz salohiyatini namoyon etdi.

    Mazkur nufuzli musobaqada sportchilarimiz 99 ta oltin, 57 ta kumush va 41 ta bronza — jami 197 ta medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida mutlaq birinchi o‘rinni egalladi. Bugun g‘olib delegatsiya tantanali ravishda Toshkent shahriga yetib keldi.

    ☄️✅ Quvonarlisi shundaki, Buxoro davlat pedagogika instituti talabalari ham ushbu musobaqada munosib ishtirok etib, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga 4 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘shib qo‘yishdi.

    G‘olib va sovrindorlar:

🔹 Fayzullayeva Fotima
Jismoniy madaniyat fakulteti
🥇 Nayza uloqtirish — 1-o‘rin
🥈 Yadro irg‘itish — 2-o‘rin
🥈 Disk uloqtirish — 2-o‘rin

🔹 Fayzullayeva Zuhro
Jismoniy madaniyat fakulteti
🥉 Yadro irg‘itish — 3-o‘rin

🔹 Shodiyev Qobiljon
Jismoniy madaniyat fakulteti
Yetaklovchi: Samiyev Ramziddin
🥇 100 metrga yugurish
🥇 200 metrga yugurish
🥇 Uzunlikka sakrash
🥈 400 metrga yugurish

    Ushbu tarixiy g‘alaba bilan sportchilarimizni Buxoro davlat pedagogika instituti jamoasi nomidan chin qalbdan tabriklaymiz va kelgusi musobaqalarda ularga yanada ulkan zafarlar tilaymiz!