shape
shape

BuxDPIda talaba qizlar uchun “Qizlarni oilaga tayyorlash” loyihasi

  • Home
  • Events
  • BuxDPIda talaba qizlar uchun “Qizlarni oilaga tayyorlash” loyihasi
BuxDPIda talaba qizlar uchun “Qizlarni oilaga tayyorlash” loyihasi

BuxDPIda talaba qizlar uchun “Qizlarni oilaga tayyorlash” loyihasi

    Buxoro davlat pedagogika instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Malika Umedjanova, Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari N.Hakimova hamda fakultet tyutorlari tashabbusi bilan DXSh yotoqxonasida istiqomat qiluvchi talaba-qizlar uchun “Qizlarni oilaga tayyorlash” yo‘nalishida pazandachilikka oid amaliy master-klass tashkil etildi.

    Mazkur master-klass doirasida milliy taomlardan biri — do‘lma tayyorlash texnologiyasi o‘rgatilib, ishtirokchilarga pazandachilik madaniyati, milliy an’analar hamda uy-ro‘zg‘or ishlarini samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berildi.

    Tadbir talaba-qizlarning hayotiy tajribasini boyitish, oilaviy hayotga ongli va mas’uliyat bilan yondashish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qildi.