shape
shape

Buxoro davlat pedagogika institutida Jismoniy madaniyat yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlari bo'lib o'tmoqda

  • Home
  • Admission
  • Buxoro davlat pedagogika institutida Jismoniy madaniyat yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlari bo'lib o'tmoqda
Buxoro davlat pedagogika institutida Jismoniy madaniyat yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlari bo'lib o'tmoqda

Buxoro davlat pedagogika institutida Jismoniy madaniyat yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlari bo'lib o'tmoqda

     Ayni damda Buxoro davlat pedagogika institutining abituriyentlari uchun Jismoniy madaniyat yo‘nalishiga qabul qilinadigan talabalar o‘rtasida kasbiy (ijodiy) imtihonlar davom etmoqda.Ushbu imtihonlar institutning belgilangan tartib va qoidalariga muvofiq, abituriyentlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash, ularning kelajak kasbiy faoliyatiga mosligini baholash maqsadida tashkil etilgan.

🔵 Imtihon jarayonida nomzodlar nizomda belgilangan jismoniy sinovlar bilan, chidamlilikni talab qiluvchi topshiriqlarni bajarishlari orqali sinovdan o‘tmoqdalar. Bu esa ularning nafaqat jismoniy salohiyatini, balki ma’naviy-irodaviy tayyorgarligini ham namoyon etadi.

📍 Imtihonlar o‘tkazilayotgan manzil:
Buxoro shahridagi Sitora sport maydoni (Viloyat Sport boshqarmasi) musobaqa va sport tadbirlarini yuqori saviyada o'tkazish uchun barcha zarur sharoitlarga ega. Mazkur sport maydonida ishtirokchilar va tomoshabinlar xavfsizligini ta'minlash choralari ko'rilgan bo'lib, zarurat tug'ilganda tezkor tibbiy xizmat ko'rsatish imkoniyatlari ham yaratilgan.

▶️ Jarayonning shaffofligini ta’minlash maqsadida onlayn kuzatuv tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Imtihonlarni quyidagi havola orqali jonli kuzatishingiz mumkin: 🔗 https://Camera.buxdpi.uz