Prezidentimiz alohida ta’kidlaganidek: “Bugun o‘zining bilimi, iste’dodi, tashabbuskorligi va fidoyiligi bilan Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan yoshlarimiz safi kengayib borayotgani barchamizni xursand qiladi.”
Bu e’tirof yoshlarning bugungi mehnati va izlanishlariga berilgan yuksak bahodir. Ana shunday bilimli, iste’dodli va fidoyi yoshlarni rag‘batlantirish maqsadida Prezidentimiz “Kelajak bunyodkori” medali hamda “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risidagi Farmon va qarorni imzoladi. Mazkur mukofotlarning tantanali topshirilishi davlatimiz yoshlar mehnatini qanchalik yuksak qadrlashining yana bir yorqin ifodasidir.
Nargiza Hakimova,
Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari (PhD), dotsent.

