

Sarlavha:
Yana bir yutuq — yana bir e'tirof! Jamoamiz "Kelajakka qadam" dasturi doirasida Tashakkurnoma bilan taqdirlandi
Matn:
Respublika oliy ta'lim muassasalari talaba-yoshlarining bandligini ta'minlash, istiqbolli biznes g'oyalarini moliyalashtirish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan "Kelajakka qadam" milliy dasturidagi faol ishtiroki, yuqori intiluvchanligi va tashabbuskorligi uchun jamoamiz Tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
Tabriklaymiz:
Sizlarning mehnatsevarligingiz, izlanuvchanligingiz va tashabbuskorligingiz barchaga o'rnak bo'lsin. Kelgusidagi faoliyatingizda ham ulkan muvaffaqiyatlar, yangi yutuqlar va yanada yuqori marralarni tilaymiz!
Kelajak sari dadil qadam tashlaylik, yurtimiz ravnaqi uchun birgalikda harakat qilaylik!