(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz 2 Piridastgir Street, Bukhara City
shape
shape

πŸ”΄πŸŸ¦πŸŸ¦πŸŸ¦ 🟦🟦

πŸ”΄πŸŸ¦πŸŸ¦πŸŸ¦ 🟦🟦

πŸ”΄πŸŸ¦πŸŸ¦πŸŸ¦ 🟦🟦

Yoshlar tashabbuslari marafoni doirasida Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish jamg'armasi tomonidan "Yosh kitobxon" Respublika tanlovi g'oliblari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvda Buxoro viloyati sharafini munosib himoya qilgan "Yosh kitobxon" Respublika tanlovining 1-o'rin sohibasi Nosirova Farzona Nasimovna hamda Buxoro davlat pedagogika instituti Tillar fakulteti 2-bosqich talabasi, tanlovning 3-o'rin sohibasi Xoshimova Mohinur ishtirok etib, o'zlarining kitobxonlikka bo'lgan qiziqishlari, tanlov davomida orttirgan bilim va tajribalari, erishgan yutuqlari hamda kelgusidagi maqsadlari haqida fikr almashdilar.

Samimiy va do'stona ruhda o'tgan suhbat davomida mutolaaning inson kamolotidagi beqiyos o'rni, yoshlar o'rtasida kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish, kitobga mehr va muhabbat uyg'otish, ma'naviy barkamol avlodni tarbiyalash masalalariga alohida e'tibor qaratildi. Bunday uchrashuvlar yoshlarni mutolaaga keng jalb etish, ularning intellektual salohiyatini oshirish hamda kitobxonlik an'analarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Kitob — tafakkur chirog'i, ma'naviyat va taraqqiyot sari yetaklovchi eng yaqin hamrohdir.