(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz 2 Piridastgir Street, Bukhara City
shape
shape

🔴 🟦🟦🟦 🟦🟦

🔴 🟦🟦🟦 🟦🟦

🔴 🟦🟦🟦 🟦🟦

Buxoro davlat pedagogika institutida nogironligi bo'lgan yosh ijodkorlarning "Sen kuchlisan" nomli xayriya ko'rgazmasi bo'lib o'tmoqda. Mazkur tadbir O'zbekiston yoshlarining yozgi ta'tilini mazmunli va samarali tashkil etishga qaratilgan "Dolzarb 90 kun" amaliy tadbirlar dasturining 12-bandi — "Ta'lim va kasb ko'rgazmasi" vazifalari doirasida tashkil etildi.

Ko'rgazmada yosh ijodkorlarning tasviriy san'at, amaliy ijod, musiqa va boshqa yo'nalishlardagi noyob ishlari namoyish etilib, ularning iste'dodi, mehnatsevarligi hamda yuksak ijodiy salohiyati keng jamoatchilik e'tiboriga havola qilinmoqda.

Tadbir davomida institut professor-o'qituvchilari hamda ishchi-xodimlari ko'rgazmada taqdim etilgan ijodiy ishlardan o'zlariga manzur bo'lgan namunalarni xarid qilib, yosh ijodkorlarni amaliy jihatdan qo'llab-quvvatladilar. Ushbu ezgu tashabbus yoshlarning ijodga bo'lgan qiziqishini yanada oshirish, ularning jamiyatdagi faolligini rag'batlantirish hamda mehr-oqibat va insonparvarlik qadriyatlarini keng targ'ib etishga xizmat qilmoqda.

"Sen kuchlisan" — bu nafaqat ko'rgazma, balki iste'dod, matonat va ezgulikni ulug'lovchi hayotiy saboqdir.