Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

Department of foreign language teaching methodology

  • Home page
  • Department of foreign language teaching methodology
0 (365) 226-10-97 Buxoro shahar Piridastgir ko`chasi 2-uy

Department of foreign language teaching methodology

Department of foreign language teaching methodology

  Kafedra tarixi

“Xorijiy tillarni o’qitish metodikasi” kafedrasi 2024-yil sentyabrda tashkil etilgan bo‘lib, xorijiy tillarni, ayniqsa ingliz tilini zamonaviy yondashuvlar asosida o‘qitish metodikasini o‘rgatishga ixtisoslashgan. Kafedra qisqa vaqt ichida o‘z faoliyat yo‘nalishlarini kengaytirib, ilmiy va akademik jamoa sifatida shakllandi.

Asosiy vazifalari va yo’nalishlari

Kafedraning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • Xorijiy tillarni, xususan ingliz tilini o‘qitish metodikasini chuqur o‘rgatish;
     
  • O‘quvchilarning nutq malakalarini baholash va rivojlantirish;
     
  • Mustaqil ta’lim ko‘nikmalarini shakllantirish va targ‘ib qilish;
     
  • Maktabgacha ta’limda chet tili o‘qitish metodikasini ishlab chiqish;
     
  • Zamonaviy xalqaro standartlarga mos baholash tizimlarini joriy etish;
     
  • Ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish va amaliyot bilan integratsiyalash.

Ilmiy, o‘quv-uslubiy va boshqa yutuqlari

Kafedrada jami 35 nafar o‘qituvchi faoliyat yuritadi, ulardan 23 nafari asosiy shtat o‘qituvchilari hisoblanadi. Shuningdek, 4 nafar PhD darajasiga ega bo‘lgan pedagoglar va 12 nafar doktorant ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

Kafedra o‘qituvchilari quyidagi asosiy fanlar bo‘yicha dars mashg‘ulotlarini olib boradilar:

  • Ingliz tilini o‘qitish metodikasi
     
  • Xorijiy tilni intensive o`qitsh
     
  • Maktabgacha ta’limda ingliz tili o‘qitish metodikasi
     
  • Nutq malakalarini baholash
     
  • Mustaqil ta’lim ko‘nikmalari
     
  • Chet tillarini o‘qitishning integrallashgan kursi
     
  • Lingvistik va metodik tadqiqot asoslari
     
  • Ingliz tilini o‘qitish va baholashning xalqaro standartlari

    Kafedra mudiri – filologiya fanlari bo`yicha falsafa doktori Achilova Risolat Azamovna bo‘lib, u o‘zining chuqur ilmiy salohiyati, tashkiliy qobiliyati va innovatsion yondashuvlari bilan qisqa muddatda kafedrani institutdagi eng faol va nufuzli bo‘linmalardan biriga aylantira oldi. Ularning rahbarligida kafedrada xalqaro ilmiy hamkorliklar kengaytirildi, xorijiy ekspertlar ishtirokida o‘quv mashg‘ulotlari va seminarlar yo‘lga qo‘yildi. So‘nggi misol tariqasida, Turkiyaning Yildiz Texnika Universiteti professori Hatice Gülru Yükselning tashrifi doirasida dars jarayonlari hamkorlikda olib borildi.

So‘nggi yangiliklar va tadbirlar

  • 2025-yil boshida xalqaro mehmon professorlar ishtirokida seminarlar tashkil etildi.
     
  • Kafedra tomonidan ilmiy-uslubiy to‘garaklar, ochiq darslar va ustoz-shogird anjumanlari muntazam o‘tkazib kelinmoqda.
     
  • Talabalarning ingliz tilidagi amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida online platformalar bilan integratsiya yo‘lga qo‘yilgan.