Buxoro davlat pedagogika instituti Harbiy ta’lim fakulteti haqida qisqacha ma’lumot
Buxoro davlat pedagogika instituti Harbiy ta’lim fakulteti 1980-yilda tashkil topgan va Buxoro viloyati Buxoro shahar Qayum Murtazoyev ko‘chasi 23–uyda joylashgan. Fakultetda kafedra 1ta (chaqiriqqacha harbiy ta’lim), sikllar 3ta (umumqo‘shin tayyorgarlik, maxsus tayyorgarlik, uslubiy tayyorgarlik). Hozirgi kunda fakultetda 24 nafar 2 nafar shartnoma asosidagi harbiy xizmatchi hamda 22 nafar zaxira va rezervdagi ofitserlar faoliyat olib bormoqda. Shundan 2 nafari ilmiy darajaga p.f.f.d(Phd) va 13 nafari ilmiy unvon (dotsent)ga ega. 347 nafar bakalavr, 3 nafar magistr tahsil olmoqda. O‘qish muddati 3 yil. Ushbu mutaxasislikni tugatgan bitiruvchilarga Chaqiriqqacha harbiy ta’lim fani o‘qituvchisi hamda motoo‘qchi guruh komandiri harbiy mutaxasisiligi beriladi. Shuningdek bitiruvchilar zahiradagi leytenant harbiy unvonini oladi.