


24-fevral kuni Ko‘ksaroy qarorgohida (https://t.me/Press_Secretary_Uz/7034)O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan yoshlar bilan o‘tkazilgan ochiq va samimiy muloqot mamlakatimizda yoshlar siyosatini yangi bosqichga olib chiqdi. Mazkur uchrashuvda yoshlarning g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning har tomonlama rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish masalalari ustuvor vazifa sifatida belgilandi hamda payshanba kuni “Yoshlar kuni (https://t.me/Press_Secretary_Uz/7038)” deb e’lon qilindi.
Mazkur tashabbuslar ijrosi doirasida Buxoro davlat pedagogika instituti Harbiy ta’lim fakultetida ham qator sport va harbiy-amaliy tadbirlar tashkil etildi. Xususan, talaba-yoshlar o‘rtasida harbiy sport estafetasi, pnevmatik quroldan o‘q otish hamda elektronlashtirilgan o‘q otar qurollardan foydalanish bo‘yicha me’yorlarni bajarish bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.
Ushbu tadbirlar talaba-yoshlarning jismoniy chiniqishi, harbiy-amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash, vatanparvarlik ruhini yuksaltirish hamda ularning irodasi va jamoaviy hamjihatligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Bunday tashabbuslar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sog‘lom turmush tarziga jalb etish hamda kelajakda Vatan himoyasiga tayyor, barkamol avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.