Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

Buxoro davlat pedagogika institutida bitiruvchi talabalar bilan “Kelajakka qadam” dasturi doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

  • Bosh sahifa
  • Buxoro davlat pedagogika institutida bitiruvchi talabalar bilan “Kelajakka qadam” dasturi doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Event Image

Buxoro davlat pedagogika institutida bitiruvchi talabalar bilan “Kelajakka qadam” dasturi doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    Buxoro davlat pedagogika institutida bitiruvchi talabalarni tadbirkorlik faoliyatiga yo‘naltirish, ularning bandligini ta’minlash hamda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida uchrashuv tashkil etildi.

    Mazkur tadbirda dasturda ishtirok etish va imtiyozli kreditlardan foydalanish istagida bo‘lgan bitiruvchi talabalar uchun “O‘zmilliybank” AJning mas’ul xodimi Kurbanova Munira Klichovna tomonidan individual maslahatlar va amaliy tavsiyalar berildi.

    📌 Trening jarayonida:

    🔴 “Kelajakka qadam” dasturi doirasida O‘zmilliybank tomonidan taqdim etilayotgan moliyaviy xizmatlar paketi, imtiyozli kredit turlari hamda namunaviy biznes-rejalar batafsil tanishtirildi;
    🔴 Tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan bitiruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, samarali biznes-reja ishlab chiqish hamda zarur amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar berildi;
    🔴 Dastur bitiruvchilarga o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish, o‘zini o‘zi band qilish va barqaror daromad manbaiga ega bo‘lish imkoniyatlarini kengaytirishi alohida ta’kidlandi.