Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

MA’RIFAT VA MA’NAVIYAT SARI MUHIM QADAM

  • Bosh sahifa
  • MA’RIFAT VA MA’NAVIYAT SARI MUHIM QADAM
Event Image

MA’RIFAT VA MA’NAVIYAT SARI MUHIM QADAM

    ☄️ 📚 ✅ Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 13-fevraldagi topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida ta’lim muassasalarida buyuk ma’rifatparvar Mahmudxo‘ja Behbudiy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ijodiy uchrashuvlar, adabiyot va kitobxonlik kechalarini reja asosida tashkil etish vazifasi belgilangan.

    Mazkur topshiriq doirasida Buxoro davlat pedagogika institutida Mahmudxo‘ja Behbudiyning boy ilmiy-ma’rifiy merosi, jadidchilik harakatidagi o‘rni, millat ravnaqi yo‘lidagi fidokorona faoliyatiga bag‘ishlangan talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi.

    👤 Uchrashuv davomida Behbudiyning asarlari, ma’rifatparvarlik g‘oyalari, ta’lim va tarbiya masalalariga oid qarashlari keng muhokama qilinib, talabalar tomonidan mazmunli fikr-mulohazalar bildirildi. Tadbir yoshlar ongida kitobxonlik madaniyatini oshirish, tarixiy xotiraga hurmat, milliy o‘zlikni anglash hamda ma’naviy yetuklikni mustahkamlashga xizmat qildi.

    🔗 Mahmudxo‘ja Behbudiy merosi — bugungi va kelajak avlod uchun bebaho ma’naviy xazinadir.  (https://jadidlar.uz/jadidlar/56)