Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

Prezident Murojaatnomasi — BDPI jamoasi e’tibor markazida

  • Bosh sahifa
  • Prezident Murojaatnomasi — BDPI jamoasi e’tibor markazida
Event Image

Prezident Murojaatnomasi — BDPI jamoasi e’tibor markazida

     Ayni daqiqalarda Buxoro davlat pedagogika instituti jamoasi — professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda talabalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasini jonli efirda katta e’tibor va qiziqish bilan kuzatib bormoqda.

🔗 https://t.me/shmirziyoyev 

     Davlatimiz rahbari tomonidan ta’lim, ilm-fan, yoshlar siyosati, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish hamda jamiyat taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha belgilab berilayotgan muhim vazifalar institut jamoasi uchun katta ahamiyat kasb etadi.

    Mazkur Murojaatnoma mamlakatimiz kelgusi taraqqiyot bosqichlarini belgilab beruvchi muhim dasturilamal hujjat bo‘lib, unda ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslar Buxoro davlat pedagogika institutida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan hamohangdir.