Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

Buxoro davlat pedagogika instituti xotin-qizlar masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish

  • Bosh sahifa
  • Buxoro davlat pedagogika instituti xotin-qizlar masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish
Event Image

Buxoro davlat pedagogika instituti xotin-qizlar masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish

    Buxoro davlat pedagogika instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Umedjanova Malika Lukmanovna boshchiligida institut xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Vazira Sadullayeva, fakultet xotin-qizlar maslahat kengashi dekan maslahatchilari hamda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha institut psixologlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

     “2025-yil natijalari va istiqboldagi rejalar” mavzusida o‘tgan mazkur yig‘ilishning asosiy maqsadi — institutda tahsil olayotgan hamda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarda ularning faol ishtirokini ta’minlash va ishlarni yanada takomillashtirishdan iborat bo‘ldi.

🍑 Ushbu maqsad va vazifalarni amalga oshirish jarayonida institutdagi har bir fakultetda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchilari tomonidan hisobot va istiqboldagi rejalar ko‘rib chiqildi.Shuningdek, talaba qizlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, besh muhim tashabbus yo‘nalishi doirasida yo‘lga qo‘yilgan to‘garak va klublar faoliyatini takomillashtirish hamda samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.